Naqshbandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 3:
N.da pir va murid orasidagi maʼnaviy orifona suhbatga katta eʼtibor qilingan. N.ga koʻra, suhbat — anjuman ichra boʻlish, bilmaganni bilib olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik boʻlsa, buning aksi — xilvat esa kishini bilimdan, maʼrifatdan mahrum qiladi. N.da oʻzini oʻzi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda mus-tahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni maʼnaviy kamolot uchun sarflash lozim deyiladi. "Vuqifi zamoniy" (muayyan vaqtda toʻxtab oʻzini tekshirish), "vuqufi adadiy" (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), "vuqufi qalbiy" (qalb amallari qanday boʻlayotganligini toʻxtab, tekshirib borish) kabi shiorlar ("qudsiy soʻzlar") ham ana shu nazorat usuliga kiradi. N., shu tariqa, tasavvufni islom shariati va paygʻambar sunnati bilan yanada mustahkamroq bogʻladi. "Urvatul vusqo", yaʼni barcha ishda paygʻambar soʻzlari va ishlariga suyanish N. shiorlaridan biriga aylandi. N. da sufiylik isteʼdodiga ham eʼtibor berilgan, yaʼni baʼzi kishilarning men falon silsiladanman, naslnasabim falon-falonchilarga borib ta-qaladi, degan gaplariga qarshi Bahoud-din Naqshband "ran silsilada emas", ran Allohning jazbasida" deb aytadi. Jaz-ba boʻlmasa, sufiylikda maqomatlarga koʻtarilish qiyin.
 
N. Bahouddin Naqshband hayotligidayoq keng shuhrat qozondi. N.ni nazariy jihatdan ishlab chiqishda Muhammad Porso, Alouddin Attor xizmatlari katta boʻldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Amir Temur avlodidan boʻlgan shoh va shahzodalar kira boshladilar. 15-a.dayoq N. Eron, Afgʻoniston, Misr, Hijoz, Shim. Kavkaz, Turkiyaga tarqala boshladi. Ayniqsa, "hazrati Eshon" unvoniga musharraf boʻlgan Xoja Axror valiy — Nosirid-din Ubaydulloh faoliyati tufayli N.ning obroʻ-eʼtibori yana ham oshdi. Bahouddin Naqshband zamonida man-sabdor shaxslar, shoxu amirlardan uzoq turish lozim deyilgan boʻlsa, Xoja Ahror valiy davrida N. siyosiy doiralarga kirib bordi. N. 16-a.da Hindistonga tarqaldi. Bunda Bobo valiy, Xoja Boqibilloh (1563—1603), Axmad Sirhindiy (1564—1624) faoliyati yaxshi samara bergan. Ayniqsa, Ahmad Sirhindiy u yerda sunniylik yoʻnalishini mustahkamlash uchun N.dan unumli foydalangan. N.ni Turkiyada yoyilishida Mulla Abdulloh Simaviy (1490 y.v.e.), Ahmad Buxoriy va b. shaxslarning xizmati bor. N. 16—17-a.larda Misr va Hijoz (Arabiston)ga kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon, Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali Falastin, Iroq, Iordaniyada koʻplab tarafdorlarga ega boʻlgan. Hindiston orqali u Indoneziya, Malayziya, Seylonga tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya, Bosniya va b. Yevropa mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSH, Kanada, Avstriyada N. markazlari, xonaqolari, jamgʻarmalari bor.
 
da Hindistonga tarqaldi. Bunda Bobo valiy, Xoja Boqibilloh (1563—1603), Axmad Sirhindiy (1564—1624) faoliyati yaxshi samara bergan. Ayniqsa, Ahmad Sirhindiy u yerda sunniylik yoʻnalishini mustahkamlash uchun N.dan unumli foydalangan. N.ni Turkiyada yoyilishida Mulla Abdulloh Simaviy (1490 y.v.e.), Ahmad Buxoriy va b. shaxslarning xizmati bor. N. 16—17-a.larda Misr va Hijoz (Arabiston)ga kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon, Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali Falastin, Iroq, Iordaniyada koʻplab tarafdorlarga ega boʻlgan. Hindiston orqali u Indoneziya, Malayziya, Seylonga tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya, Bosniya va b. Yevropa mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSH, Kanada, Avstriyada N. markazlari, xonaqolari, jamgʻarmalari bor.
 
N. tariqatining umuminsoniy gʻoyalar, maʼnaviy kamolot, botiniy poklikni targʻib etishi uning dunyoda keng tarqalishiga olib keldi. Uning mux^islari bir necha million kishini tashkil etadi.