Niger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 14:
N. hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Air togʻligi, Tener choʻli, Agades sh.dagi arxeologik qazishmalarda neolit davriga mansub ashyolar topilgan. Qad. odamlar yovvoyi mevalarni terib kun kechirganlar, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mil. 1-a.da Saxroi Kabirning jan.ga rimliklar kirib kelgan. Arab va barbar savdogarlari kelishi bilan islom dini tarqalgan. 7—19-a.larda N.ning ayrim qismlari oʻrta asr Gʻarbiy Sudan davlatlari — Songay va Kanem tarkibida boʻlgan. 18-a. urtalarida Niger daryosining sohillari tuareglar qul ostiga utgan. 19-a.da N. hududida yevropaliklarning bir necha ekspeditsiyasi boʻlgan. 1898 y.dan fransuzlar N.ni mustamlaka qilishga kirishdilar. 1901 y. N. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi (FGʻA)ga kiruvchi Yuqori Senegal tarkibiga qoʻshib olindi. 1922 y.dan N. FGʻAning alohida maʼmuriy birligi qilib ajratildi. Mustamlakachilar majburiy mehnattartibotini joriy qidsilar. N. xalqi mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtardi (1905,1906—14, 1914— 17). Mustamlakachilarga qarshi kurash 1-va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davrda ham davom etdi.
 
2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati boshlandi. 1946 y. Niger taraqqiyparvar partiyasi (NTP) tuzildi. 1947 y. Fransiyaning "dengiz orti hududi" maqomini oldi. 1951 y. NTPning soʻl qanoti Jibo Bakari rahbarligida partiyadan ajralib chiqib, N. demokratik ittifoqini tuzdi. Uning nomi 1958 y. Savaba (Ozodlik) deb oʻzgartirildi. 1957 y. J. Bakari N. huku-mat kengashining bosh vaziri etib saylandi. 1958 y. 28 sent.da Fransiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi haqidagi referendumda Savaba N.ga mustaqillik berilishini talab qildi. 1958 y. 18 dek.da N. Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. 1959 y.da N. Res-publikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1960 y. 3 avg .da N. mustaqil respublika deb eʼlon qilin-di va u Hamjamiyatdan chikdi. 1960 y. noyabrda Milliy majlis yangi konsti-tutsiyani kabul kildi va NTP rahbari A. Diorini respublikaning birinchi prezidenti etib sayladi. N.da bir partiyali tizim karor topdi. Barcha ja-moat tashkilotlari NTP nazorati ostiga oʻtdi. 1961 y.da Fransiya bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy hamkorlik haqida bitim imzolandi. Fransiya N.ning tashqi savdosi, moliyasi, mudofaasi, maorif tizimi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Ijtimoiy-iqti-sodiy soxalarda xalqning ahvoli yaxshilanmadi, ommaning noroziligi kuchaydi. 1974 y. 15 apr.da, 1996 y. 27 yanvarda sodir boʻlgan harbiy toʻntarishlar ham aholining ahvolini yaxshilashga olib kelmadi. Nihoyat, 1999 y. 9 apr.dagi harbiy toʻntarish natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar oʻddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966 y. konstitutsi-yaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. 1999 y. 11 apr.da tasdiklangan Milliy yarash kengashi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boshligʻi etib tayinladi. 1999 y. 18 iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya maʼqullandi. 1999 y. 24 noyabrdagi saylovda Mamadu Tanja prezident etib saylandi.
 
da, 1996 y. 27 yanvarda sodir boʻlgan harbiy toʻntarishlar ham aholining ahvolini yaxshilashga olib kelmadi. Nihoyat, 1999 y. 9 apr.dagi harbiy toʻntarish natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar oʻddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966 y. konstitutsi-yaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. 1999 y. 11 apr.da tasdiklangan Milliy yarash kengashi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boshligʻi etib tayinladi. 1999 y. 18 iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya maʼqullandi. 1999 y. 24 noyabrdagi saylovda Mamadu Tanja prezident etib saylandi.
 
N. — 1960 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 dek. — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).