Ogʻir sanoat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Ogʻir sanoat''' — i.ch. vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoklari guruhi. O.s. undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatnint bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va b. kiradi. O.s. mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan i.ch., texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.
 
Oʻzbekistonda 20-a.ning boshlariga qadar O.s. korxonalari boʻlmagan. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab dastlabki q.x. mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta O.s. korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi.
Oʻzbekistonda 20-a.ning boshlariga qadar O.s. korxonalari boʻlmagan. 20-a.
 
ning 20-y.laridan boshlab dastlabki q.x. mashinasozligi, gidroenergetika, yoqilgʻi sanoati korxonalari qurildi. 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga 90 ta O.s. korxonasi koʻchirilib keltirildi. Ularning koʻpi mashinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda koʻpgina yirik korxonalar qurilishi natijasida mashinasozlik tarmoklari koʻpaydi, sifati oʻzgardi. Shuningdek, samolyotsozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elektroapparat, elektrodvigatel, ekskavator, kompressor zavodlari qurildi.
 
Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarkand, Navoiy, Fargʻona, Yangiyoʻl, Namangan, Shoʻrsuv va b. joylar turli xil kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradigan kimyo industriyasi markaziga aylandi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent sh.lari kora metallurgiya, Zarafshon, Olmaliq sh.lari esa rangli metallurgiya markazi hisoblanadi.