Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k (clean up, replaced: km2 → km² using AWB) |
CoderSIBot (munozara | hissa) (Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi) |
||
Madaniyati. 1992/93 oʻquv yili respublikada 199 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, ularda 37 ming bola oʻqidi; 5 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 3,9 ming oʻquvchi, ped. institutida 3,1 ming talaba taʼlim oldi. 6 ilmiy tadqiqot instituti (jumladan, tarix, oltoy tili va adabiyoti i.t. institutlari), 147 jamoat kutubxonasi, 253 klub muassasasi, 253 kino qurilma, milliy drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Oltoy tilida "Altaydin cholmoni" ("Oltoy yulduzi", 1922 y.dan) va rus tilida "Zvezda Altaya" gaz.lari chiqadi. O. radiosi oltoy va rus tillarida eshittirish beradi.
Adabiyoti. Oltoy qabilalarining xitoy va jungʻar bosqinchilariga qarshi kurashi, baxt-saodat haqidagi orzu-umidlarini ifodalovchi qahramonlik eposlari, qoʻshiq, ertak, afsonalar, maqol, topishmoqlar toʻqilgan. 19—20-a.larda M. Yutkanakov, Sh. Shunekov, N. Ulagashev kabi baxshilar, M.V. Che-valkov kabi maʼrifatchilar mashhur boʻlgan. 20-a.ning 20-y.larida yozuvchi M. V. Mundus-Edokov ("Qayliq", "Moziyda va hozirda" pyesalari), shoir P. A. Chagat-Stroyev ("Dono bahodir" va "Qo-raqoʻroʻm" dostonlari) va b. barakali ijod qildilar. 30—40-y.larda P. V. Kuchiyak xalq hayotini tasvirladi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. O. hududida mil. av. 2-ming yillikka oid koʻhna shahar harobalari, istehkomlarning qoldiklari saklanib qolgan. Qoyalarda hayvon, qushlarning tasvirlari, ov manzaralarini uchratish mumkin. Qad. koʻchmanchilarning mil. av. 5— 3-a.larga mansub koʻplab amaliy sanʼat namunalari topilgan. Qad. namat, guldor gilam toʻqish, kashtachilik anʼanalari hamon davom etib keladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|