Paleontologiya — versiyalar orasidagi farq

Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k (hoz. → hozirgi)
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
19-a.ning 60-y.laridan P.da yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari, 1859 y.) bilan bogʻliq. 19-a.ning koʻpgina paleontologlari darvinist boʻlmasalarda, evolyusionizm gʻoyalarini P.da tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hozirgi evolyusion P.ning chinakam asoschisi sifatida muhim oʻrin tutadi. Uning umurtqalilar P.si va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar P.siga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega boʻldi. Umurtqalilar P.si evolyusiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
 
P. biologiya, sitologiya, biokimyo, biometriya kabi fanlar bilan uzviy bogʻliq boʻlib, qisman ularning metodlaridan foydalanadi. U qiyosiy anatomiya, xayvonlar va oʻsimliklar morfologiyasi va sistematikasi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu fanlar bir-birini boyitmoqda. Morfologik funksional analiz va qazilmalarning skeletlari strukturasi morfogenezini oʻrganish P.ni fiziologiya, embriologiya, biomexanika bilan yaqinlashtiradi. Qad. organizmlarni qiyosiy-tarixiy oʻrganish natijasida P. ekologiya, biogeotsenologiya, biogeografiya, gidrobiologiya va okeanologiya bilan tobora koʻproq bogʻlanmoqda. Yer toʻgʻrisidagi fanlar ichida P.ning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Geol. 18—19-a.larda stratigrafiyaning vujudga kelishi bilan Yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyusion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi konsepsiyasiga tayangan evolyusion taʼlimot P.ning stratigrafik geol.da qoʻllanishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Litologik fatsial haritalar tarixiy geol.da katta ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, kumir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va b. foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir.
 
larda stratigrafiyaning vujudga kelishi bilan Yer haqidagi tarixiy fanga aylandi. Tabiiy tanlanish nazariyasi, evolyusion jarayonning tanazzulsiz kechishi haqidagi konsepsiyasiga tayangan evolyusion taʼlimot P.ning stratigrafik geol.da qoʻllanishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Litologik fatsial haritalar tarixiy geol.da katta ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, kumir, neft, gaz, boksit, tuz, fosforit va b. foydali qazilmalarni qidirib topishda ham muhim vositadir.
 
A. D. Arxangelskiy, V. N. Veber, A. P. Karpinskiy va b. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda dastlabki paleontologik tadqiqotlar olib borishgan. Oʻzbekistonda P.ning rivojlanishi V. A. Vaxrameyev, S. X. Mirkamolova, O. I. Sergunkova, Ye. A. Repman, K. A. Alimov, Ya. X. Iminov, N. Eshnazarov, R. Abdullayev va b. nomlari bilan bogʻliq.
187 762

ta tahrir