Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
CoderSIBot (munozara | hissa) Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi |
||
Qator 16:
Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (mil. av. taxm. 1070 y.) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-a.ning 2-yarmi —10-a. boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-a. oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Mil. av. 8-a. 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), mil. av. 671 y. esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va mil. av. 525 y. [[Ax[[om[[aniylar]] davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Mil. av. 331 y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida M.ni bosib olgan. Shundan soʻng M. ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya sh. eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Mil. av. 2-a.ning oxiriga kelib i.ch. pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Mil. av. 2-a. boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada mil. av. 30 y.dan M. — Rim viloyati. Mil. 395 y. Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 y. Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639—642 y.larda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang .
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (mil. av. 28—26a. oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (mil. av. 26—25-a.lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (mil. av. 25—23-a. oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (mil. av. 23—22-a. oʻrtalari). 10sulola (mil. av. 22—21-a. oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.▼
▲Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (mil. av. 28—26a. oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (mil. av. 26—25-a.
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680 y.gacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-a. oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-a. oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (mil. av. 11—4-a.lar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax[[om[[aniylar]]), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. [[Ax[[om[[aniylar]]).
Qator 38 ⟶ 34:
M.liklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, M.da uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Mac, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va b. ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, "Ehrom matnlari", "Sarqofa matnlari", "Murdalar kitobi" va b.). Qad. M. ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.
Adabiyoti. M. tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar mil. av. 3ming yillikka, soʻnggilari esa mil.ning boshlariga oiddir. M. adabiyoti namunalari bizgacha koʻplab iyeroglif, iyeratik va demotik matnlarda yetib kelgan. M. Adabiyoti Firʼavn Taharka ulkan lochin kiyofasidagi maʼbud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr).dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. M. adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va b.dir.
Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga M. adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega boʻlgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. M. adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham taʼsir koʻrsatgan. Baʼzi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.
|