Shimoliy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (4) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 20:
'''Shimoliy Amerika''' - Gʻarbiy yarim sharning shim. qismidagi materik, Amerika qitasining shim. yarmi. Shim.dan Shim. Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va jan.sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shim.da Merchison burni (71°50 sh.k.), gʻarbda Shahzoda Uels burni (168° gʻ.u.), sharqda SentCharlz burni (55°40° gʻ.u.), jan.da Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Sh.A.ga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Mayd. 20,36 mln. km², orollari bilan 24,25 mln. km². Yirik orollari: Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagi, VestIndiya va materikning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi orollar: Aleut, Qirolicha Sharlotta, Vankuver va boshqalar Yirik yarim orollari: shim.da — Butiya, Melvill, sharqsa — Labrador, Florida, Yukatan, gʻarbda — Kaliforniya, Alyaska, Syuard. (61betdagi rangli xaritaga q.). Tabiati. Sh.A.ning qirgʻoqlari notekis parchalangan. Togʻli hududlar qirgʻoqlari (Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qismi, Kanada va Alyaska jan.ning Tinch okean sohil qismi) nisbatan kuchli parchalangan boʻlib, muzliktektonik va muzlikerozion tiplarga mansub, ford koʻp. 43° shahrik.dan janubda Atlantika okeani qirgʻoqlari akkumulyativ, laguna tipli, estuariy va delta koʻp.
 
Relyefi va geologik tuzil i sh i. Materik yer yuzasi asimmetrik tuzilishga ega: gʻarbiy qismi Kordilyera togʻ sistemasi, sharqi — keng tekisliklar va past togʻlardan iborat. Materik gʻarbining oʻrtacha bal. 1700 m, sharqida 200–300 m chamasida. Sh.A.ning oʻrtacha bal. 720 m. Shim. va shim.sharqda Lavrentiy qirlari, undan jan.da, asosan, AQSH hududidagi Markaziy tekisliklar gʻarbda nisbatan baland (500–1500 m) Buyuk tekisliklarga oʻtib boradi. Ulardan shim.da Makenzi pasttekisligi joylashgan. Tekislik jan. sharqda Appalachi togʻlari bilan oʻralgan. Bu togʻlar jan.gʻarbdan shim.sharqqa Nyufaundlend o.gacha choʻzilgan. Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qismi, Grenlandiyaning sohil qismi relyefi ham togʻli. Togʻlar gʻarbga tomon pasayib boradi va plato hamda pasttekisliklar bilan almashinadi. Materikning jan.sharqiy chekkalari sharqda Atlantikaboʻyi pasttekisligi va jan.da Meksikaboʻyi pasttekisligi kabi qirgʻoqboʻyi pasttekisliklaridan iborat.
 
gʻarbdan shim.sharqqa Nyufaundlend o.gacha choʻzilgan. Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qismi, Grenlandiyaning sohil qismi relyefi ham togʻli. Togʻlar gʻarbga tomon pasayib boradi va plato hamda pasttekisliklar bilan almashinadi. Materikning jan.sharqiy chekkalari sharqda Atlantikaboʻyi pasttekisligi va jan.da Meksikaboʻyi pasttekisligi kabi qirgʻoqboʻyi pasttekisliklaridan iborat.
 
Kordilyera togʻlari shim.gʻarbdan jan.sharqqa choʻzilgan Bruks, Makenzi, Qoyali togʻlar va Sharqiy SyerraMadre kabi bir qancha yoysimon tizmalardan iborat. Ulardan gʻarbda bal. 1000–2000 m liichki yassitogʻ (Yukon, Katta Havza va boshqalar) va platolar (Britaniya Kolumbiyasi, Kolumbiya, Kolorado) mintaqasi joylashgan. Yassitogʻliklar supasimon tekisliklar, tizmalar va soyliklar (Ajal vodiysi — 85 m) dan iborat. Yassitogʻ va platolar gʻarbda Kordilyera togʻlarining eng baland tizmalariga tutash. Sh.A.dagi eng baland nuqta ham Kordilyera togʻlarining Alyaska tizmasida (MakKinli choʻqqisi, 6193 m). Meksika togʻligidan jan. da Kordilyera togʻlari ikki tarmoqqa ajralib, biri suv osti tizmalari va VestIndiya o.larini hosil qilib, Venesuela And togʻlariga, ikkinchisi Teuantepek va Panama boʻyinlari orqali And togʻlariga ulanib ketadi.
Qator 28 ⟶ 26:
SH.A. relyefi joyning geologik yoshi, kontinental rivojlanishi tarixiga qarab turlichadir. Lavrentiy qirlarining geologik strukturasi juda qadimgi, relyefi paleozoy boshlaridan shakllangan. Toʻrtlamchi davrda muz bosishi natijasida qirning markaziy qismi choʻkkan, Gudzon qoʻltigʻi botigʻi vujudga kelgan. Appalachi togʻlarining relyefi togʻ jinslarini daryolar yuvib ketishi natijasida hozirgi shaklini olgan. Arktika o.laridagi togʻlar mezokaynozoyda shakllangan. Grenlandiya o.da oʻsha paytda otilib chiqqan bazaltlardan baland togʻlik hosil boʻlgan. qadimiy va hozirgi muzliklar relyefning nihoyatda parchalanib ketishiga sabab boʻlgan. Aleut tizmasi, Vrangel massivi, Kaskad togʻlari vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan.
 
SH.A.ning markaziy katta qismi hamda Grenlandiya o.ning shim. va shim.sharqidan boshqa joylari tokembriy davriga mansub Shimoliy Amerika (Kanada) platformasi joylashgan. Uni kaledon, gersin, mezozoykaynozoy yoshidagi togʻ tizmalari oʻrab olgan. Atlantikaboʻyi va Meksika boʻyi pasttekisliklari mezozoykaynozoy jinslari bilan qoplangan paleozoy zaminli platformaning plitalaridir. Sh.A.da foydali qazilmalar aksari Kanada qalqoni va Kordilyera togʻlarida. Tokembriy Kanada qalqonida temir rudasining yirik konlari, sulfid, mis, nikel va uran rudalari, shuningdek, oltin va rangli metall konlari, chekka qismlarida neft va gaz hamda toshkoʻmir konlari koʻp uchraydi. Kordilyera togʻlarida oltin, kumush, mis, rux, qoʻrgʻoshin, molibden, simob, volfram rudalari keng tarqalgan, kamroq miqdorda temir rudasi topilgan. Qoyali togʻlarda neft va gaz, fosforit konlari ochilgan.
SH.A.ning markaziy katta qismi hamda Grenlandiya o.ning shim. va shim.
 
Iqlimi. Sh.A.da radiatsiya balansi 56° shahrik.dan shim.da 20 kkal/sm2, jan.da koʻpayib borib, 30° shahrik.dan jan.da 60—80 kkal/sm2ga teng . Materik hududining katta qismida havo oqimi gʻarbdan sharqqa, faqat jan., tropik kengliklarda shim.sharqdan jan.gʻarbga (passat) harakatlanadi. Kordilyera togʻlarining ichki platolarida antitsiklonlar vujudga keladi. Siklon ortidan sovuq Arktika havosi jan. tomon baʼzan Meksika qoʻltigʻigacha yetib keladi. Tinch okean sohilida qishda havo iliq boʻladi, yomgʻir va togʻli yerlarda qor yogʻadi. Alyaskada, Kordilyera togʻlarining ichki platolarida va Kanadaning shim.gʻarbida esa sovuq va quruq boʻladi. Materikning markaziy va sharqiy qismlarida obhavo teztez sovib turadi. Yozda materikka havo Meksika qoʻltigʻidan kirib boradi va markaziy hamda sharqiy hududlarga koʻp yogʻin yogʻadi. Markaziy Amerika va VestIndiyaga ekvatorial musson shamollari juda koʻp yogʻin olib keladi. Materikning jan. qismida havo quruq va issiq boʻladi, kuchli shamollar esadi. Katta havzada va Buyuk tekisliklarda teztez chang boʻronlari boʻladi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —36° dan (Kanada Arktika arxipelagining shim.da) 20° gacha (Florida ya.o. janubi va Meksika yassitogʻligida). Eng past tra —64° (Alyaska va Kanadaning shim.gʻarbida), Grenlandiyada —70° tra kuzatilgan. Iyulning oʻrtacha t-rasi —4° dan (Kanada Arktika arxipelagi shim. da) 32° gacha (AQShning jan.gʻarbida). Eng yuqori tra Ajal vodiysida 57° (Gʻarbiy yarim sharda eng yuqori) kuzatilgan. Eng koʻp yogʻin Alyaskaning jan.sharqida, Kanada gʻarbida va AQShning shim.gʻarbida (yiliga 2000–3000 mm, baʼzi joylarda 6000 mm gacha) yogʻadi. Materikning jan.sharqida 1000–1500 mm, asosan, yozgi yomgʻir shaklida, Markaziy tekisliklarda 400–1200 mm, asosan, yozda, Kordilyera togʻlari oraligʻidagi subtropik va tropik vodiylarda 100–200 mm gacha yogʻin tushadi. Materikning 40—44° shahrik.dan shim.dagi togʻlarda doimiy qor qoplami vujudga keladi.
sharqidan boshqa joylari tokembriy davriga mansub Shimoliy Amerika (Kanada) platformasi joylashgan. Uni kaledon, gersin, mezozoykaynozoy yoshidagi togʻ tizmalari oʻrab olgan. Atlantikaboʻyi va Meksika boʻyi pasttekisliklari mezozoykaynozoy jinslari bilan qoplangan paleozoy zaminli platformaning plitalaridir. Sh.A.da foydali qazilmalar aksari Kanada qalqoni va Kordilyera togʻlarida. Tokembriy Kanada qalqonida temir rudasining yirik konlari, sulfid, mis, nikel va uran rudalari, shuningdek, oltin va rangli metall konlari, chekka qismlarida neft va gaz hamda toshkoʻmir konlari koʻp uchraydi. Kordilyera togʻlarida oltin, kumush, mis, rux, qoʻrgʻoshin, molibden, simob, volfram rudalari keng tarqalgan, kamroq miqdorda temir rudasi topilgan. Qoyali togʻlarda neft va gaz, fosforit konlari ochilgan.
 
Iqlimi. Sh.A.da radiatsiya balansi 56° shahrik.dan shim.da 20 kkal/sm2, jan.da koʻpayib borib, 30° shahrik.dan jan.da 60—80 kkal/sm2ga teng . Materik hududining katta qismida havo oqimi gʻarbdan sharqqa, faqat jan., tropik kengliklarda shim.sharqdan jan.gʻarbga (passat) harakatlanadi. Kordilyera togʻlarining ichki platolarida antitsiklonlar vujudga keladi. Siklon ortidan sovuq Arktika havosi jan. tomon baʼzan Meksika qoʻltigʻigacha yetib keladi. Tinch okean sohilida qishda havo iliq boʻladi, yomgʻir va togʻli yerlarda qor yogʻadi. Alyaskada, Kordilyera togʻlarining ichki platolarida va Kanadaning shim.gʻarbida esa sovuq va quruq boʻladi. Materikning markaziy va sharqiy qismlarida obhavo teztez sovib turadi. Yozda materikka havo Meksika qoʻltigʻidan kirib boradi va markaziy hamda sharqiy hududlarga koʻp yogʻin yogʻadi. Markaziy Amerika va VestIndiyaga ekvatorial musson shamollari juda koʻp yogʻin olib keladi. Materikning jan. qismida havo quruq va issiq boʻladi, kuchli shamollar esadi. Katta havzada va Buyuk tekisliklarda teztez chang boʻronlari boʻladi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —36° dan (Kanada Arktika arxipelagining shim.da) 20° gacha (Florida ya.o. janubi va Meksika yassitogʻligida). Eng past tra —64° (Alyaska va Kanadaning shim.gʻarbida), Grenlandiyada —70° tra kuzatilgan. Iyulning oʻrtacha t-rasi —4° dan (Kanada Arktika arxipelagi shim. da) 32° gacha (AQShning jan.
 
gʻarbida). Eng yuqori tra Ajal vodiysida 57° (Gʻarbiy yarim sharda eng yuqori) kuzatilgan. Eng koʻp yogʻin Alyaskaning jan.
 
sharqida, Kanada gʻarbida va AQShning shim.gʻarbida (yiliga 2000–3000 mm, baʼzi joylarda 6000 mm gacha) yogʻadi. Materikning jan.sharqida 1000–1500 mm, asosan, yozgi yomgʻir shaklida, Markaziy tekisliklarda 400–1200 mm, asosan, yozda, Kordilyera togʻlari oraligʻidagi subtropik va tropik vodiylarda 100–200 mm gacha yogʻin tushadi. Materikning 40—44° shahrik.dan shim.dagi togʻlarda doimiy qor qoplami vujudga keladi.
 
SH.A. arktika, subarktika, moʻʼtadil, subtropik, tropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Arktika mintaqasi Shim. Muz okeani boʻyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi. Subarktika mintaqasiga gʻarbdagi seryogʻin, iliq qishli, salqin yozli hududlar kiradi. Moʻʼtadil mintaqaga (40° shahrik.dan shimolda) gʻarbdagi juda sernam iqlim, markaziy qismidagi ichki yassitogʻliklarda keskin kontinental va sharqda moʻʼtadil kontinental iqlim xos. AQSH jan.dagi subtropik mintaqa seryomgʻir qishli va quruq yozli oʻrta dengizboʻyi, sharqiy sohil qismida sernam mussonli iqlimga ega. Kaliforniya ya.o., Kaliforniya qoʻltigʻi va Meksika qoʻltigʻi sohillari iqlimi quru.q, qolgan hududlarda sernam iqlim. Markaziy Amerikaning jan. qismini oʻz ichiga olgan subekvatorial iqlim uchun sernam yozli issiq va qishi quruq iqlim xarakterli.
Qator 44 ⟶ 36:
Tuproq va oʻsimliklari. Tuprogʻi juda xilmaxil: boreal va subtropik tuproq hosil boʻlish jarayonlari natijasida vujudga kelgan qutbiy mintaqa tuproqlaridan tropik mintaqa tuproqlarigacha mavjud. Kanada Arktika arxipelagining shim. orollari uchun quruq arktika va tundra tuproqlari xos. Arxipelagning jan. va Shim. Muz okeani sohillaridagi koʻp yillik toʻng yerlarda nordon, tundragleyli tuproqlar tarqalgan. Lavrentiy qirlarining markazida va Yukon yassitogʻligidagi soyliklarda muzlagan tayga tuproqlari podzol va torfgleyli tuproqlar bilan birga uchraydi. Buyuk koʻllar atrofi va Appalachi togʻlarining shim.da sernam sharoitda shakllangan unumdor qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari tarqalgan. Buyuk tekisliklar gʻarbiy qismining tuprogʻi qora. Kashtan tuproqlar Buyuk tekisliklarda va Kolumbiya platosida katta maydonlarni egallagan. Quruq va kontinental iqlimli Katta Havzaning tuprogʻi chala choʻlga xos shoʻrlangan qungʻir tuproq. Materikning jan.sharqida unumdor qizil va sariq tuproqlar koʻp uchraydi. Missisipi daryosining gʻarbida qizgʻishqora, butazorli dashtlarda koʻngʻir va boʻzqoʻngʻir, Meksika togʻligining ichki qismida boʻz tuproqlar, Kaliforniya ya.o.da tropik choʻl tuproqlar. Kordilyera togʻlarining sernam yon bagʻirlarida togʻ qoʻngʻiroʻrmon tuproqlari, quruq yon bagʻirlarda esa togʻ jigarrang tuproqlar tarqalgan.
 
SH.A. oʻsimliklari, asosan, Golarktika flora oblastiga mansub, Meksika togʻligining jan. qismi va Markaziy Amerika oʻsimliklari Neotropik flora oblastiga kiradi. Sh.A. oʻsimliklari koʻp jihatdan Yevrosiyonikiga oʻxshash. Arktika sohillari tundra zonasiga kiradi. Oʻrmon Zonasi materik hududining 1/3 qismini egallagan. Sh.A.ning ichki hududlari, oʻrmondasht, dasht, chala choʻl va choʻldan iborat. Dasht zonasining oʻsimliklari chalov, bugʻdoyiq, bizonoʻt va h.k.lardan iborat. Buyuk tekisliklar jan.da quruq dashtlar subtropik savannalar bilan almashinadi. Markaziy va Buyuk tekisliklar hududi oʻzlashtirilgan. Chala choʻl va choʻllar Katta Havza, Kolorado platosining sharqiy qismi va Meksika qoʻltigʻining shim.gʻarbiga yondosh hududlarni egallagan. Togʻ tizmalari va platolarning baland joylari oʻrmonlar bilan qoplangan. Togʻ tepalari alp oʻtloqlaridan iborat. Meksika togʻligi va Florida ya.o.ning jan., Markaziy Amerika va VestIndiyada sernam tropik oʻsimliklar oʻsadi. Togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlarida tropik oʻrmonlar, shamolga teskari yon bagʻirlarda tropik savannalar, quruq oʻrmonlar, sohillarda mangrazorlar bor.. Sh.Aning oʻsimliklari va tuproq qoplami insonlar tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan.
 
gʻarbiga yondosh hududlarni egallagan. Togʻ tizmalari va platolarning baland joylari oʻrmonlar bilan qoplangan. Togʻ tepalari alp oʻtloqlaridan iborat. Meksika togʻligi va Florida ya.o.ning jan., Markaziy Amerika va VestIndiyada sernam tropik oʻsimliklar oʻsadi. Togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlarida tropik oʻrmonlar, shamolga teskari yon bagʻirlarda tropik savannalar, quruq oʻrmonlar, sohillarda mangrazorlar bor.. Sh.Aning oʻsimliklari va tuproq qoplami insonlar tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan.
 
Hayvonot dunyosi. Sh.A.ning tropik qismidan boshqa joylarning faunasi Yevrosiyo faunasiga koʻp jihatdan oʻxshash boʻlib, faqat Sh.A.ga xos bir qancha endemik turlarni oʻz ichiga olgan Golarktika zoogeografik oblastiga kiritilgan. Shimol bugʻusi, oq ayiq, qutb tulkisi, oq quyon, oq yapaloqqush, kaklik tundra zonasi uchun xos. Qoʻyhoʻkiz faqat Kanada Arktika arxipelagi shim.da va Grenlandiyada yashaydi. Tayga zonasida los, bugʻu, amerika suvsari, qoʻngʻir ayiq, kanada silovsini, rosomaxa, bobr, daraxt jayrasi, ondatra, qizil tiyin, katta uchqur tiyin eng koʻp uchraydi. Aralash oʻrmonlarda virginiya bugʻusi, badboʻy, kulrang tulki, qizil silovsin, kulrang tiyin, krot, olaxurjun, yerqazir, oʻrmon sugʻuri, yovvoyi kurka koʻp. Materikning subtropik qismida alligator, kayman toshbaqalari, ibislar, qizil gʻoz, saqoqushlar, kolibri, karolina toʻtisi, dasht va oʻrmonlidasht zonasining hayvonlari (bizon, antilopa, mazam bugʻusi, koyot, preriya tulkisi va boshqalar) yashaydi. Kemiruvchilar, boʻrsiq va qush koʻp. Kordilyera togʻlarining oʻrmonli joylarida qor qoʻyi, grizli ayigʻi, qor echkisi, choʻldasht landshaftli yassitogʻliklarda sudralib yuruvchilar (kaltakesak, zaharli va boʻgʻma ilonlar) uchraydi. Markaziy Amerika, VestIndiya, qisman Meksika togʻligining jan. Neotropik fauna oblastiga kiritilgan. Bu yerda zirhlilar, maymunlar, koʻrshapalaklar, kolibri, toʻtilar, toshbaqalar, timsohlar, kaltakesaklar va boshqalar yashaydi. Sh.A. oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun juda koʻp milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Ulardan eng yiriklari: Yellouston, Katta Kanon, Yosemit, Banf, Jasper, Sekvoyya, Evergleyds.