Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 188.113.203.44 tahrirlari IanraBot versiyasiga qaytarildi |
CoderSIBot (munozara | hissa) Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi |
||
Qator 7:
== Tabiati ==
Sh. Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻʼtadil mintaqa shim.da joylashgan. Shim. va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Sh. shim.da Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), jan.da Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shim.da iqlim sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi jan.da 0—5°, shim.da —6° dan —14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15—17° va 10—11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Sh. hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shim.da tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. Sh.da oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, SarskShyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor.▼
▲da Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), jan.da Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shim.da iqlim sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi jan.da 0—5°, shim.da —6° dan —14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15—17° va 10—11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Sh. hududining 9% qoʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shim.
Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til — shved tili. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, [[Gyoteborg]], Malmyo.
Qator 37 ⟶ 31:
== Adabiyoti ==
Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardsr. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14—15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-y.larida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-y.larda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg , Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling , N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-y.lar va 2-jahon urushi yillari Sh.da antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg , M.Martinson asarlari). 50—70-y.larda realistik nasr anʼanalarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.
== Meʼmorligi ==
Qator 51 ⟶ 43:
== Teatri ==
Shved professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682 yil dramaturg Urban Yernening Upsala unti qoshida tuzgan teatr truppasi Sh.ning birinchi professional teatri hisoblanadi. 1779 yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788 yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg , E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli Sh. teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rej. va aktyor Yu.Lindberg va rej. G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907 yil Strindberg tashabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20—30-y.larida rej. P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi "Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi Sh.da hozirgi zamon rej. larining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi (A.Shyoberg , I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). Sh.ning yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg , Xelsingborg , Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60—80-y.laridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S.Miliander, M. Ekstryom K. Xanning , U. Palme.
== Kinosi ==
1897 yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. Sh.da muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907 yildan boshlandi. 1910—20-y.larda bir qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; "Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rej. V.Shyostrem). 20—30y.larda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-y.larda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, rej. G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rej. X.Ekman). 2-jahon urushidan keyingi yillarda rej.lar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961—63; "Kuzgi sonata", 1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi oʻyindan chiqadi", 1956). 60—70-y.larda rej.lar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rej. B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; hammasining rej. Ya.Troell). Shu bilan birga 60—80-y.larda ayrim rej.lar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Sh. kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-y.larning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Sh. kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963 yildan Stokgolmda Shved kino inti, 1965 yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi.
Oʻzbekiston — Sh. munosabatlari. 2001 yil 29 mayda OʻzR hukumati bilan Sh. Qirolligi oʻrtasida sarmoyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida bitim, 2002 yil 12 sentyabrda OʻzR Oliy Majlisining Inson huquqlari vakili (Ombudsman) bilan Shvetsiya parlamenti Ombudsmani oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. Ikki mamlakat oʻrtasida tovar aylanmasi 2003 yilda 17,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1999 yil 10—13 apr.da Sh.da Oʻzbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
|