187 764
ta tahrir
k (clean up, replaced: km2 → km² using AWB) |
CoderSIBot (munozara | hissa) (Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi) |
||
== Davlat tuzumi ==
S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 23 dek.da qabul qilingan; unga 1997 va 2000 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat majlisi va Davlat Kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.▼
▲da qabul qilingan; unga 1997 va 2000 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat majlisi va Davlat Kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
== Tabiati ==
== Tarixi ==
S. hududida qadimdan keltilliriy qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a.da Rim davlati bosib olgan. 6—7-a.larda bu yerga slavyan (sloven)lar kelib oʻrnashgan. 7-a.da Karantaniya deb ataluvchi ilk davlat paydo boʻlgan. 11 — 13-a.larda S hududida Karintiya, Shtiriya, Krayna va b. knyazliklar paydo boʻldi. 1282 y. S.ning katta qismi Gabsburglar yermulki tarkibiga kirdi va 16-a. boshlariga kelib, barcha sloven yerlari qoʻshib olindi. 1478, 1515, 1573 y.larda dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻldi. 18-a.ning 2-yarmida oʻtkazilgan islohotlar tufayli iqtisodiy jonlanish roʻy berdi. 1848—49 y.lardagi inqiloblar natijasida yersuv munosabatlari yemirilib, pultovar munosabatlari rivojlana boshladi. 1914—18 y.larda milliy harakat avj oldi. 1918 y.dan S. yerlari Serb, xorvat, slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya qirolligi)ga birlashdi. 1941 y. Yugoslaviya fashistlar bosqiniga duchor boʻlib, S. yerlarini Italiya bilan Germaniya boʻlib oldi. 1945 y. 15 mayda ozod qilindi. 1946 y.gi Parij sulh shartnomasiga binoan, Yugoslaviya bilan qayta qoʻshilib, 1991 y.gacha uning tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. 1991 y. 25 iyunda respublika Skupshchinasi S.ning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va Yugoslaviya tarkibidan chiqqanligini bildirdi. S. — 1992 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 27 dek.da tan olgan va 1995 y. 16 yanvar▼
▲ning 2-yarmida oʻtkazilgan islohotlar tufayli iqtisodiy jonlanish roʻy berdi. 1848—49 y.lardagi inqiloblar natijasida yersuv munosabatlari yemirilib, pultovar munosabatlari rivojlana boshladi. 1914—18 y.larda milliy harakat avj oldi. 1918 y.dan S. yerlari Serb, xorvat, slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya qirolligi)ga birlashdi. 1941 y. Yugoslaviya fashistlar bosqiniga duchor boʻlib, S. yerlarini Italiya bilan Germaniya boʻlib oldi. 1945 y. 15 mayda ozod qilindi. 1946 y.gi Parij sulh shartnomasiga binoan, Yugoslaviya bilan qayta qoʻshilib, 1991 y.gacha uning tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. 1991 y. 25 iyunda respublika Skupshchinasi S.ning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va Yugoslaviya tarkibidan chiqqanligini bildirdi. S. — 1992 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 27 dek.da tan olgan va 1995 y. 16 yanvar
dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 iyun — S. davlatchiligi kuni (1991).
== Adabiyoti ==
S. yozma adabiyoti 10-a.dan boshlangan. Uning rivojlanishida boy xalqogʻzaki ijodiyoti muhim rol oʻynagan. Ruhoniy P. Trubar (1508—86) sloven alifbosini ishlab chiqib, sloven tilida liniy adabiyotlar nashr ettirdi. S. Krel. Yu. Dalmatin, A. Boxorich uning ishini davom ettirdi. 18-a.da Yevropa Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida dunyoviy adabiyot vujudga kelib, rivojlandi. Dramaturg A. T. Linhart va shoir V. Vodnik ijodiyoti shu davrga toʻgʻri keldi. F. Preshern (1800—49) ijodi ("Poeziya", 1847) sloven va yevropa adabiyotida muhim voqea boʻldi, uning asarlari S.da romantizmning karor topishida katta rol oʻynadi. F. Levstik sloven nazmi, nasri va adabiy tanqidchiligida realistik oqimni boshlab berdi. Uning izdoshlari — avvalo tarixiy qissa va romanlari bilan tanilgan Y. Yurchich, yozuvchi va shoirlardan Y. Strirar, I. Tavchar, Ya. Kersnik, S. Yenko, S. Gregorchich, A. Ashkers realizmni yuqori pogʻonaga koʻtardilar.▼
▲dan boshlangan. Uning rivojlanishida boy xalqogʻzaki ijodiyoti muhim rol oʻynagan. Ruhoniy P. Trubar (1508—86) sloven alifbosini ishlab chiqib, sloven tilida liniy adabiyotlar nashr ettirdi. S. Krel. Yu. Dalmatin, A. Boxorich uning ishini davom ettirdi. 18-a.da Yevropa Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida dunyoviy adabiyot vujudga kelib, rivojlandi. Dramaturg A. T. Linhart va shoir V. Vodnik ijodiyoti shu davrga toʻgʻri keldi. F. Preshern (1800—49) ijodi ("Poeziya", 1847) sloven va yevropa adabiyotida muhim voqea boʻldi, uning asarlari S.da romantizmning karor topishida katta rol oʻynadi. F. Levstik sloven nazmi, nasri va adabiy tanqidchiligida realistik oqimni boshlab berdi. Uning izdoshlari — avvalo tarixiy qissa va romanlari bilan tanilgan Y. Yurchich, yozuvchi va shoirlardan Y. Strirar, I. Tavchar, Ya. Kersnik, S. Yenko, S. Gregorchich, A. Ashkers realizmni yuqori pogʻonaga koʻtardilar.
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida "Sloven moderni" ijodiy guruqi (nasrda Y. Sankar, D. Kette, nazmda O. Jupanchich va b.) adabiy jarayonni rivojlantirdi. Guruh aʼzolari oʻsha paytda Yevropada urf boʻlgan naturalizm, impressionizm, simvolizm sheʼriy usullaridan foydalanib, ijtimoiy va milliy tengsizlikka qarshi norozilik kayfiyatini ifodaladilar. 20—30y.larda shoirlardan O. Jupanchich, A. Gradnik, yozuvchi va dramaturglardan F. Bevk, Yu. Kozak, B. Kreft, P. Vorans xalq xayotini haqqoniy aks ettirdilar. 2-jahon urushi yillaridagi ozodlik kurashi davrida sheʼriyat yetakchi janr buldi. Partizan shoirlar M. Bor, K. DestovnikKayux, T. Selishkar, E. Kotsbek va b. oʻz sheʼrlari bilan xalqni kurashga daʼvat etdilar. Urushdan keyingi yillarda Ya. Menart, L. Krakar, T. Pavchek, K. Kovich sheʼriyatida, M. Mixelich, P.Zidar, V. Kavchich qissa va romanlarida, P. Kozak, D. Smole, P. Bojich pyesalarida inson ahvolruhiyati chuqur tahlil qilinib, voqealar silsilasi jushqin ifodalab berildi, turli gʻoyalar kurashi xolisona aks ettirildi.
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
S. hududida mil. av. 1-a. va mil. 4-a.larda Qad. Rim shaharlari (Emona, xrz Lyublyana; Petovio, hozirgi Ptuy) mavjud boʻlgan. Ulardagi istehkomlar, ibodatxonalar, osma quvurlarning qoldiqlari hozirgacha saqlangan. Oʻrta asrlardan roman uslubidagi (Stichnadagi cherkov, 1136 — 56), gotika uslubidagi (Ptuydagi cherkov, 1260—70. PtuyskGora qishlogʻidagi cherkov, 15-a. boshi) ibodatxonalar qolgan. 15— 16-a.lar meʼmorligida Uygʻonish davri belgilari seziladi. 17—18-a.larda barokko uslubi yoyildi, bu uslub cherkovlar (Lyublyanadagi avliyo Yakov cherkovi, 1613— 15; Ursulin cherkovi, 1718—26), ratushalar, favvoralar (Lyublyanadagi F. Robba favvorasi, 1751) va sh.k.lar qurilishida namoyon boʻldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Y. Plechnik, I. Vurnik, V. Shubits kabi meʼmorlar ijodida milliy anʼanalar va qad. meʼmoriy uslublar bilan bir katorda "modern" uslubidan ham foydalanildi. 1945 y.dan keyin erkin rejali yangi shaharlar, sanoat r-nlari, koʻp qavatli turar joy majmualari, jamoat markazlari, Koper, Piran va b. kurortshaharlar, sayyohlik maskanlari kurila boshladi. Dengiz boʻylarida devorlari toshdan tiklanib, tomi cherepitsa bilan yopilgan, sharqiy va togʻ oldi joylarida yogʻoch va guvaladan tiklanib, tomi poxol va taxtachalar bilan yopilgan uylar koʻproq uchraydi.
S. hududida paleolit davriga mansub suyakdan yasalgan buyumlar, neolit davriga oid chorpoya ustiga kurilgan binolarning krldiklari, jimjimador naqshlangan sopol idishlar topilgan. Jez davridan jez haykalchalar, naqshin shamshir va b. saqlangan. 9—12-a.lar slavyan kabrlaridagi kumush zargarlik buyumlari oʻyma naqsh bilan ziynatlangan. 12— 13-a.larda cherkovlar tosh oʻymakorligi va burtma gullar bilan bezatilgan. 14-a.da yogʻoch haykaltaroshligi paydo boʻldi (Solchavdagi "Bibi Maryam" cherkovi). 16-a.da portret va dunyoviy rang-tasvir sanʼati rivojlandi, cherkov devorlariga rayem solish urf boʻldi. Metall, yogʻoch va sopol buyumlar yasashga kirishildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida F. Kovchich rasmlari, L. Yansha manzaralari, I. Tomins portretlari mashhur boʻldi. 20-a. rassomlaridan F. Tratnik, G. Kos, F. Mixelich, haykaltaroshlaridan F. Berneker, L. Dolinar ijodi diqqatga sazovor. Amaliy bezak sanʼati turlari rivojlangan.
== Musiqasi ==
Koʻpgina xalq kuylariga nemisavstriya hamda venger xalq musiqa anʼanalarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qoʻshiqlari mavjud. Koʻp ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholgʻu asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va b. mavjud. Professional musika sanʼati monastirlarda (12-a.dan) hamda cherkovlar huzuridagi ashula maktablari (13-a.dan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-a. kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-a.da Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 y. Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 y. konservatoriya (1939 y.dan Musika akademiyasi), 1934 y. Musika tarixi inti, 1939 y.da filarmoniya ish boshladi. 20-a.ning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana universiteti huzurida musiqashunoslik instituti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyorlardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalardan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukovetslar mashhur.
== Teatri ==
|