Sport: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sport''' (ing . sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. S.ning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga S. musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki S. musobaqalari Yunonistonda mil. av. 1580 y.da boʻlib oʻtgan. 19-a.ning 2-yarmida, ayniqsa, 1894 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tashkil qilinganidan keyin S. juda tez rivojlana boshladi. 1896 y.da 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
 
ning 2-yarmida, ayniqsa, 1894 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tashkil qilinganidan keyin S. juda tez rivojlana boshladi. 1896 y.da 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
 
S.ning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik Si; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi S. — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar S. i eng yaxshi S. kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.