Taymir muxtor okrugi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
TAYMIR (DOLGANNENETSLAR) MUXTOR OKRUGI - RF Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida. 1930 y. 30 dek.da tashkil etilgan. Okrug xududi butunlay qutbiy doira orqasida, Sharqiy Sibirning chekka shim.da, Taymir ya.o.da joylashib, gʻarbdan sharqqa 1200 km, shim.dan jan.ga 800 km masofaga choʻzilgan. T.m.o. tarkibiga Kara va Laptevlar dengizlaridagi arxipelag va orollar ham kiradi. Mayd. 862,1 ming km². Aholisi 39,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (67%), shuningdek, dolgan, nenets, nganasan, evenk millat vakillari va b. ham yashaydi. T.m.o. hududida 1 shahar (Dudinka), 1 shaharcha (Dikson) bor. Markazi — Dudinka sh. Shahar aholisi 66,3%. T.m.o. hududidagi Norilsk sh. bevosita Krasnoyarsk oʻlkasi maʼmuriyatiga boʻysunadi.
 
dan jan.ga 800 km masofaga choʻzilgan. T.m.o. tarkibiga Kara va Laptevlar dengizlaridagi arxipelag va orollar ham kiradi. Mayd. 862,1 ming km². Aholisi 39,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (67%), shuningdek, dolgan, nenets, nganasan, evenk millat vakillari va b. ham yashaydi. T.m.o. hududida 1 shahar (Dudinka), 1 shaharcha (Dikson) bor. Markazi — Dudinka sh. Shahar aholisi 66,3%. T.m.o. hududidagi Norilsk sh. bevosita Krasnoyarsk oʻlkasi maʼmuriyatiga boʻysunadi.
 
Tabiati. T.m.o. Osiyoning chekka shim. qismini — Taymir ya.o. va Oʻrta Sibir yassitogʻligining shim. qismini egallaydi. Okrug hududi 3 asosiy qismga boʻlinadi; shim.da Birranga togʻlari, jan.da Oʻrta Sibir yassitogʻligi va ular orasida joylashgan Shim. Sibir payettekisligi. Kara dengizi va Laptevlar dengizi bilan oʻralgan. Orol koʻp. Foydali qazilmalardan rudalar, toshkoʻmir, osh tuzi konlari bor. Iqlimi arktik va subarktik iutim. Yanv.ning oʻrtacha trasi—30°, iyulniki 2°—13°. Yillik yogʻin 110–350 mm. Vegetatsiya davri 40—80 kun. Koʻp yerlar toʻngib yotadi. Asosiy daryosi — Yenisey. Koʻl va botqoqlashgan yerlar koʻp. Tipik tundra va torfgleyli, jan.da podzol, Yenisey daryosi vodiysida qayir oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. T.m.o.da pakana daur tilogʻochi usadi. Yer sharining biron boshqa qismida tilogʻoch bunchalik shim.da uchramaydi (72°50’ shu kabi). Yovvoyi shim. bugʻusi, togʻ qoʻchqori, qutb tulkisi, boʻri, lemming , oq quyon, qushlardan oq boyqush, oq kaklik uchraydi. Yozda koʻplab har xil qushlar uchib keladi. Suvlarda har xil baliklar bor.