Tokio: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (4) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 42:
T.ga 15-a.ning oʻrtalarida asos solingan. 1457 y.da Edo qasri qurilgan boʻlib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari koʻpayib bordi. 1590 y.da Edo sh. Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa oʻsha vaqtda Kioto sh. edi. 18-a.da Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869 y.da hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Mutsixito qoʻliga oʻtgach, poytaxt Edoga koʻchirildi va T. ("sharqiy poytaxt") deb ataldi. 19-a.ning 2yarmida T.da ipak, lokboʻyoq, chinni sanoatlari, 19-a.ning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923 y. 1 sent.dagi zilzila va uning okibatlarida kelib chiqqan yongʻin tufayli T.ning koʻp qismi vayron boʻldi. 2jahon urushi vaqtida T. AQSH aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan.
 
T. — transport yoʻllarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va yengil sanoat (toʻqimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining katta qismi mayda va oʻrta korxonalardan iborat. T. — yirik savdotaqsimot markazi. Shaxarda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar, sugʻurta idoralari joylashgan. T. da untlar, Yaponiya FA, Sanʼat akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, BriJston sanʼat muzeyi, zamonaviy sanʼat milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va b.), kutubxonalar, konsert zallari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bogʻ bilan oʻralgan imperator saroyi (1869 y.gacha Edo qasri, 15—17-a.lar), saroy majmuasi (1600), manzarali bogʻ (17—18-a.lar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka unti hududida 2004 y. 26 martda Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiyev). 1964 y.da T.da 18Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
 
lar), saroy majmuasi (1600), manzarali bogʻ (17—18-a.lar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka unti hududida 2004 y. 26 martda Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiyev). 1964 y.da T.da 18Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->