Toʻgʻon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Toʻgʻon''' — daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini koʻtarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. T.lar dare suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiklimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish mil. av. 4 va 3ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Ayniqsa, sugʻorma dehqonchilikning astasekin rivojlanib borishi tufayli T.lar (dambalar) qurishga extiyoj tugʻildi (q. [[Dehqonchilik]]). Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy degʻqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekiston hududida ham sugʻorma dehqonchilikka va, demak, damba va T.larga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a.da asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va b. oʻstirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va b. joylarda sugorish inshootlari (sunʼiy kanallar, dambalar, toʻgʻonlar) qurilgan. Keyinchalik T.lar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. Oʻzbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Osmon soyiga 10-a.da Xonbandi toʻgʻoni (uz. 50 m, bal. 15,2 m), 12-a.da Katgaqoʻrgʻon tumanida gʻisht T. qurilgan. 16-a.da qurilgan Abdullaxon bandi T.ining bal. 15 m, uz. 83 m, eni 4,5 m boʻlgan. Oʻsha paytlarda T. qurilishida tuproq, tosh, ganch va b. materiallardan foydalanilgan. Beton T.lar 20-a. 20-y.laridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1 May T.i (1926 30), Kampirravot T.i (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va b. qurildi. 20-a. 50-y.laridan baland T.lar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari T.lari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori T.i (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon T.i (betondan) shular jumlasidan.
 
laridan qurila boshladi. Oʻzbekistonda Boʻzsuv GES toʻgʻoni (1923 27), 1 May T.i (1926 30), Kampirravot T.i (1935 —38), Farhod GES toʻgʻoni (1943 —50) va b. qurildi. 20-a. 50-y.laridan baland T.lar paydo boʻddi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqoʻrgʻon va Pachkamar suv omborlari T.lari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori T.i (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon T.i (betondan) shular jumlasidan.
 
Vazifasiga qarab, T.lar suv ombori va GESlarga quriladigan, suv sathini koʻtaradigan, oqova (ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan), stansion (suv olish tuynugi boʻlgan) xillarga boʻlinadi. T., asosan, tuproq, tosh, beton va yogʻochdan quriladi. Beton T.ning gravitatsion, ravoqli va tirgakli xillari boʻladi. T.ning turi geologik, topografik, gidrologik va iqtisodiy sharoitlarga qarab tanlanadi. T.larnint bal. 300 m ga yetishi mumkin (mas., Nurek GES).