Xalq ijodi: Versiyalar orasidagi farq

2 bayt olib tashlandi ,  7 yil oldin
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
(Yangi maqola yaratildi)
 
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng , vayang—orang va b., Xitoyda szatszyuy, chuantsi va b., Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va b. Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.
 
Xalq raqsining qad. namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha "Burgut", "Tulki", turkmancha (laylak harakatlarini ifodalovchi) "Ximmil", xorazmcha "Chagʻaloq" ("Baliq qush"), "Toʻrgʻay", yoqutcha "Ayiq", Shim. Afrikadagi "Tuya", Amerika hamda Markaziy va Jan. Afrikada ommalashgan "Ovchilar" raqslari va b. Q.x. mehnati bilan bogʻliqraqslarda turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar, gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha zigʻirkorlar, oʻzbekcha "Pilla" raqslari va h.k. Hunarmandchilik va b. mehnat turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar, karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha chevarlar raqsi va b. Xalq raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan, yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi (gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va b.). Har bir xalqsa oʻz raqs anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa xalqlarining raqslari aksar oyoq harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va b. Sharq mamlakatlarida diqqat koʻpincha qoʻl va tana harakatiga qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada sa^na raqsi, Sharqda (jumladan, Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi ansambllari deyarli barcha mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda qad. ommaviy (Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin olgan (q. [[Yalla]], [[Xalfa]], [[Mavrigi]]). 1920-y.lardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.
 
lardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi. Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.
187 764

ta tahrir