Xorazm viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 156:
Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrugʻi bilan shoir Tabibiy "Majmuai 30 shuaro payravi Feruz" tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 gʻazaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan "Tazkirai shuaro"da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod kilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar bitilgan.
 
Xorazmda qadimdan dostonchilik rivojlangan. Xalq anʼanaviy dostonlari baxshilar orqali ogʻizdanogʻizga oʻtib sayqallangan. "Avazxon", "Bozirgon", "Sayyodxon va Hamro", "Qorakoʻz Oyim", "Gulruh pari", "Shobaxrom", "Zavriyo", "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Yusup Ahmad", "Qirq mhhd> kabi dostonlar Xorazm xalq ogʻzaki ijodining nodir boyligidir. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa oʻzbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Xorazmda doston kuylovchilarni baxshi deb atab kelganlar. Xorazm vohasida 19-a.ning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur boʻlgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan "Eshvoy nagʻmasi" kuyi tarqalgan. 19-a.da Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, Gʻaribniyoz baxshilar, Bobo baxshi, Jumanazar baxshi Bobo baxshi oʻgʻli, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va b. shuhrat qozongan. 20-a. boshlarida Xoʻjayoz baxshi atokli baxshi hisoblangan. U "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Sayyodxon va Hamro", "Bozirgon", "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda Bola baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyokub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qoʻshdilar.
 
ning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur boʻlgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan "Eshvoy nagʻmasi" kuyi tarqalgan. 19-a.da Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, Gʻaribniyoz baxshilar, Bobo baxshi, Jumanazar baxshi Bobo baxshi oʻgʻli, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va b. shuhrat qozongan. 20-a. boshlarida Xoʻjayoz baxshi atokli baxshi hisoblangan. U "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Sayyodxon va Hamro", "Bozirgon", "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda Bola baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyokub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qoʻshdilar.
 
Xorazmdagi xalq ogʻzaki ijodining yana bir turi xalfachilikdir. Xalfalar (folklorda) repertuarida xalq dostonlari, rangbarang xalq qoʻshiklari, mumtoz shoirlarning ashulabop gʻazallari asosiy oʻrin olgan. 19— 20-a.ning 2-yarmida Xorazmda Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Onabibi kori (Ojiza), Shukurjon xalfa, Sharifa xalfa, Joni xalfa, Bibijon xalfa, Durxonim xalfa, Kish xalfa, Guljon kori, Oysha kulol xalfa, Yoqut xalfa Vafoyeva, Sharifa noʻgʻay Otasheva, Ugʻil Noʻgʻay Quryozova, Yoqut xalfa Seytniyazova va b.ning nomlari xalq orasida tanilgan edi. Xalfachilik sanʼati anʼanalari Xorazm yosh ijrochilari tomonidan keyingi davrlarda ham davom ettirilmoqda.
Qator 164 ⟶ 162:
20-a.da Xorazm adabiyotshunosligida Mugʻanniy, Suxanvar, Umar Qurboniy, Qalandar Qurboniy, M. Abdullayev, Egam Rahim, Ahmad Bobojon, Ayyomiy, Rahim Bekniyoz, Doʻstjon Matjon va b.ning nazm va nasriy asarlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topgan.
 
Omon Matjon, Bahrom Roʻzimuhammadning falsafiy sheʼriyati, Erkin Samandarning "Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq", "Tangri qudugʻi", Komil Avazning "Qoʻnalgʻa" romanlari, Matnazar Abdulhakimning Najmiddin Kubro, Bedil, Paxlavon Maxmud ruboiyoti va gʻazallarining oʻzbek tiliga tarjimalari muhim ahamiyatga ega. Prof.lardan O. Madrahimov, S. Roʻzimboyev, 3. Doʻsimov, J. Yusupov, arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va b. adabiyotshunoslikka doyr asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Krbulovning 2 jildli "Xorazm adabiy muhiti" asari, S. Roʻzimboyevning "Goʻroʻgʻli" kitobi muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
lardan O. Madrahimov, S. Roʻzimboyev, 3. Doʻsimov, J. Yusupov, arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va b. adabiyotshunoslikka doyr asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Krbulovning 2 jildli "Xorazm adabiy muhiti" asari, S. Roʻzimboyevning "Goʻroʻgʻli" kitobi muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
X.v.da Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilari, rassomlar va b.) viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Qator 178 ⟶ 174:
X.v. da birinchi radioeshittirishlar 1936 y.dan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 31 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Telekoʻrsatuvlar 1961 y.dan olib boriladi. Mahalliy koʻrsatuvlar, 1979 y.dan rangli tasvirda (oʻzbek va rus tillarida), haftasiga 15 soat hajmda namoyish qilinadi.
 
Meʼmoriy yodgorliklari. X.v.dagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva sh.da joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10—18-a.lar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-a., 19—20-a. boshlari), Sayid Aloviddin (14—18-a. lar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19a.), Koʻhna Ark (17—19-a.lar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va b. mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va b. tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18—19-a.lar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-a.), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893—1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16—18-a.lar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18—19-a.lar), qad. Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6—5-a.lar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16—19-a.lar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16—19-a.lar) va b.ni aytish mumkin.
 
lar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-a., 19—20-a. boshlari), Sayid Aloviddin (14—18-a. lar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19a.), Koʻhna Ark (17—19-a.lar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va b. mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va b. tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18—19-a.lar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-a.), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893—1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16—18-a.lar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18—19-a.lar), qad. Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6—5-a.lar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16—19-a.lar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16—19-a.lar) va b.ni aytish mumkin.
 
Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva sh.lariga yoʻdsosh Navroʻz, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni asrash, taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Xiva sh.ning2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700 yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. X.v. 2003 y. 22 avg .da Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan.