Layli va Majnun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
 
Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishqi mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qoʻlini choʻzganlar ham borligini Navfal obrazi misolida koʻrsatadi. Chunki:
<prepoem> Navfalki Arabda erdi nodir,
Tig’iga qadar, o’qig’a qodir.
Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz ila bum…
Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi,
G’am dashti aro yugurgan erdi.</prepoem>
''(MAT, 9-tom, 152—153-betlar).''
 
Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va Laylilar oʻrtasidagi ishq-xavos ishqi darajasiga koʻtarilgan emas. Navfal qizi va sevgilisining oʻzaro ishqi Alisher Navoiy taʼriflagan "avom ishqidurkim, …derlar: «falon falonga oshiq boʻlubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak martabasi shar’iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…»
'' (MAT, 14-tom, 67-bet).''
 
Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida urgʻu beradi, chunki bu martaba komillik martabasi boʻlib, unda «pok koʻzni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok koʻngul ul pok yuz oshubidin koʻzgʻolmoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq»dir (MAT, 14-tom, 68-bet)
 
Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan komil inson haqidagi mulohazalarini Majnun va Layli afsonasi vositasida bayon qiladi:
<prepoem> Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
Qator 37:
Har kim o’qumoqdin etsa ma’lum.
Har ne ki o’qur taammul etsa,
Degan g’arazim taxayyul etsa.</prepoem>
'' (MAT, 9-tom, 310—312-betlar).''
 
Shunday qilib, Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi ikkinchi — «Farhod va Shirin», uchinchi — «Layli va Majnun» dostonlari haqida umumiy yoʻnalish tarzida mulohaza yuritdik. Agar diqqat bilan qaralsa, bu ikki dostonni bir-biriga yaqinlashtiruvchi mushtarak mavzu — komil inson mavzusi bor. Bu mavzu ularni bir-biriga bogʻlabgina qolmaydi, balki mavzuning har bir dostonda oʻziga xos tarzda yoritilishi ularning uslubiy oʻziga xosliklarini namoyon etadi, yaʼni «Farhod va Shirin»da bu mavzu ijtimoiy faollik koʻlamida yoritilsa, «Layli va Majnun»da esa asosan ishq maydonidagi ichki kechinmalar, ruhiy holatlarning chuqur tasviri orqali nihoyatda mahorat bilan tasvirlanadi.
 
Qator 47 ⟶ 48:
 
{{stub}}
{{no iwikiOʻzME}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Adabiyot]]