Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 94:
 
== Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari}}
I. davlati OʻzR mustaqilligini tan olganidan keyin ikkala mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar uchun huquqiy negiz yaratishga kirishildi. 1994 y.dan investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish, havo qatnovi, avtotransport va sayyohlikni rivojlantirish xususida bitimlar imzolandi. 1997 y. aprelda OʻzR Tashqi ishlar vazirining I.ga rasmiy tashrifi chogʻida madaniyat, fan va ma-orif sohasidagi hamkorlik haqida bitim tuzildi.
 
1998 y. sent. oyida OʻzR Prezidenti I. Karimovning I.ga tashrifi davomida hamkorlikning turli jihatlariga oid 8 ta shartnoma imzolandi. Hukumatlararo oʻzbek-isroil savdo-iqtisodiy komissiyasi ish boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000 y.da 27,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. I. dastlabki yillarda Oʻzbekistondan, asosan, qimmatbaho toshlar, roʻzgʻor paxtasi, kigiz harid qilgan boʻlsa, keyinchalik ularning yoniga paxta tolasi va gazlama, kimyoviy mahsulotlar ham qoʻshildi. Oʻzbekiston esa undan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qora metall, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar, optika apparatlari, qandolat mahsulotlari, kofe, choy, goʻsht va baliq mahsulotlari, sport anjomlari, doridarmon, oʻyinchoqlar harid qiladi.
 
Q. x. sohasida I. firma va kompaniyalari b-n hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 1994 y.dan buyen Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining Ahmad Yassaviy nomidagi xoʻjaligida 46 ga yerda tomchilatib sugʻorish usulining ilgʻor texnologiyasi joriy etilishi sabzavot va kartoshka hosildorligini 3 baravar oshirdi. Oqqoʻrgʻon tumanidagi "Oqqoʻrgʻon" xoʻjaligida qurilgan kichik sut z-di 9 xil mahsulot beradi. Yemxashak sexi va 2 ta xususiy chorvachilik fermasi qurib ishga tushirildi, ular uchun zarur asbob-uskunalar keltirildi. 1998 y. iyunida Toshkent viloyati Qibray tumanida sutni qayta ishlab, turli mahsulotlar ishlab chiqradigan oʻzbekisroil-amerika "Turon-97" qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. I.ning "Zeraim Gedera" va "Netafim" kompa-niyalari b-n hamkorlikda I. paxta na-vlarini yetishtirishga kirishildi. Oʻzbekistonning bir qancha tumanlarida I.ning "Marav" firmasi asbob-us-kunalari asosida 15 ta kichik sut z-di kurish ishlari boshlab yuborildi. Ularning har biri smenada 1, 1,5, 2 ming litr sutni qayta ishlaydi; qurilish mablagʻini I. banklari beradi. "Netafim" kompaniyasining "Qoraqalpoqis-siqxona" birlashmasi b-n 120 ga yerda tomchilatib sugʻorish usulida pomidor yetishtirish va tomat pastasi i.ch. uchun tuzgan shartnomasiga binoan 4,67 mln. dollarlik texnologiya jihozlari keltiriladi. Irrigatsiya i.t. instituti va I.ning "Plastro Texnoloji" firmasi tomonidan tuzilgan "Saniplast" Oʻzbekistan-Isroil qoʻshma korxonasi turli ekinlarni, jumladan, gʻoʻzani sugʻorishda tejamli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish b-n shugʻullanadi.
 
1996 y.dan I.ning "M.A.D" firmasi b-n parrandachilik sohasida kurka goʻshti yetishtirishning intensiv texnologiyasini amalga oshirishga kirishildi. 8 mln. AQSH dollari turadigan loyihani bajarish uchun I.ning "Diskont" banki 6,8 mln. dollar beradigan boʻldi. Bu pulga texnologiya uskunalari, veterinariya preparatlari, ozuqa qoʻshimchasi va zotdor kurkalar keltiriladi. 6 ta broyler parrandachilik f-kasini kurkachilik f-kasiga aylantirish, kurka goʻshti yetishtirishni yiliga 12 ming t ga yetkazish koʻzda tutilgan. Kelgusida 15 ta parrandachilik f-ka-sini qayta jihozlash va namunali sutchilik majmuini barpo etish rejalari bor.
 
Olmaliq kon-metallurgiya kti I.ning "Metek" kompaniyasi b-n amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Mis saralash f-kasi chiqitlarini qayta ishlaydigan qoʻshma korxona barpo etish, reniy va osmiy kabi nodir metallarni ajratib oladigan sanoat kurilmalari oʻrnatish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Pochta va telekommunikatsiya tarmogʻida ham qamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1997 y. martda "I Si Ai Telekom" kompaniyasi b-n tuzilgan shartnomaga muvofiq, yer sunʼiy yoʻldoshlari orqali ishlaydigan telefon stansiyasi va Toshkent telefon-telegraf stansiyasi uchun asbob-uskunalar keltirib oʻrnatildi.
 
Oʻzbekistonda I. sarmoyasi ishtirokidagi 45 korxona roʻyxatga olingan. Ular q.x. mahsulotini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari va xalq isteʼmol mollari i.ch., savdo-sotiq b-n shugʻullanadi.
 
I. Samarqanddagi "Sharq taronalari" festivallarida qatnashib kelayotir. Toshkentda 2 ta foto koʻrgazma uyushtirdi, Toshkent Yosh tomoshabinlar teatri ishtirokidagi "Humo" festivalida qatnashish uchun 3 ta teatr gu-ruhini yubordi. Yosh tomoshabinlar teatrining badiiy rahbari Nabi Abdu-rahmonov I.ga borib, Bet-Svi teatr maktabi b-n birgalikda spektakllar sahnalashtirdi.
 
Madaniy hamkorlikni faollashtirish uchun 1998 y.da "Oʻzbekiston — Isroil" doʻstlik jamiyati tashkil etildi. Maorif va fan arboblari delegatsiyalarining oʻzaro tajriba almashishlari yoʻlga qoʻyilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[BMT]] qaroriga koʻra [[ikkinchi jahon urushi]]dan keyin tuzilgan [[Yaqin Sharq]]dagi davlat. Poytaxti [[Quddus]] shahri. Aholisi asosan [[yahudiy millati]]ga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi.
Qator 119 ⟶ 105:
[[Turkum:Isroil|*]]
[[Turkum:Davlatlar]]
 
 
 
 
 
 
 
 
== Manbalar ==