Hindiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 80:
 
== Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari}}
Oʻzbekiston bilan H. oʻrtasidagi munosa-batlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 y. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, H. Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 y. diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi. OʻzR bilan H. oʻrtasida munosabatlarning huquqiy asosini turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni tartibga solib turuvchi davlat, hukumat va muassasalararo hujjatlar tashkil etadi. 2005 y.gacha ikki davlat oʻrtasida 60 ga yaqin rasmiy hujjat imzolandi. 1992 y. Toshkentda H.ning Bosh konsulxonasi (1988 y. tashkil etilgan), 1994 y. Dehlida OʻzR konsulxonasi (1992 y. tashkil etilgan) elchixonaga aylantirildi. Shu davr mobaynida OʻzR Prezi-denti I.Karimov 4 marta (1991, 1994, 2000, 2005) rasmiy tashrif bilan H.la boʻldi. 1993 y. rasmiy tashrif bilan H. Bosh vaziri Narasimxo Rao OʻzRga kelgan. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy mumosabatlar ikki tomonlama shartnomaviyhuquqiy asoslar-pi tashkil qilgan bir qator iqtiso-diy bitim va hujjatlar, jumladan, "Savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim", "Investitsiyani oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgrisidagi bitim", "Ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgrisidagi bitim" bilan muvofiqlashtiriladi. 1993 y.da ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1993— 2005 y.larda bu komissiyaning 5 ta yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 2003 y. 24—26 mar-tda Toshkentda Hindiston savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi; unda H.ning yirik korxona va kompaniyalari ishtirok etdi. OʻzR Prezidenti I.Karimovning 2005 y. apreldagi H.ga tashrifi chogida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Taʼlim va madapiyat sohalarida hamkorlik boʻyicha huku-matlararo hujjatlar imzolandi. mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Oʻzbekiston Tashqi iqtisoliy aloqalar agentligi bilan Hindiston davlat savdo korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi bilan Hindiston sayyohlikni rivojlantirish korporatsiyasi oʻrtasida angla-shuv protokoli, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Hindiston sav-do-sanoat palatalari federatsiyasi hamda H. eksport tashkilotlari federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Hindiston davlat banki hamda H. eks-port-import banki oʻrtasida hamkorlik memorandumlari, "Oʻzsanoatma-shimpeks" davlat aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Hindistonning "Kompetent" kompaniyalari guruhi oʻrtasida Savdo uyi tashkil etish toʻgʻrisida memorandum, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan J.Neru universiteti hamda Toshkent sharqshunoslik in-ti bilan Mirzo Gʻolib in-ti oʻrtasida anglashuv memoran-dumlari imzolandi. 2004 y. mamlakatlar oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 160 mln. AQSH dollarini tashkil qildp. H.dan Oʻzbekistonga qogʻoz va karton, dori-darmon, uskupa, organik va kimyoviy birikmalar kelti-riladi. Oʻzbekiston H.ga rangli metallar va ularlan yasalgan buyumlar, ayrim xizmat turlari, poliz mahsu-lotlari, ipak va kimyoviy tolalarni yuboradi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla H. sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 40 ga yaqin qushma korxona hamda H.dagi 4 kompaniyaning vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Ikki mamlakat oʻrtasida axborot texnologiyalari, kon sanoati, madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida hamkorlik rivojlanmokda. Ikki mamla-kat olimlari ishtirokida ilmiy sim-pozium, seminar va anjumanlar oʻtka-zish odat tusiga kirgan. Mamlakatlar tarixi, musiqa, adabiyot, arxeologiya, meʼmorlik, tibbiyot, biol., kosmik fazoni oʻrganish, geol. va b. koʻplab sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1991 y. Hindistonda buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bagʻishlangan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati kunlari oʻtkazildi. 1992 y. okt.da Oʻzbekiston mustaqilligining bir yilligiga bagʻishlab Dehli sh.da oʻzbek madaniyati va sanʼ-ati festivali boʻlib oʻtdi. Shu yil noyabr oyida oʻzbekistonlik taniqli rassom Akmal Nuriddinovning koʻrgazmasi namoyish etildi. 1993 y. Zahiriddin Muhammad Bobur taval-ludining 510 yilligi H. va Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning rivojlanishida 1994 y. Hindistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzurida faoliyatini boshlagan H. madaniy markazining hissasi katta.
 
Temur Gʻiyosov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Hindiston''' (Hindiston Respublikasi) poytaxti - [[Deli]] shahri. [[BMT]] a'zosi