Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
+ogohlantirish
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 61:
 
== Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari}}
Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar uchun huquqiy asos yaratish, savdoiktisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma kor[[x]]onalar barpo etish sohasida bir muncha ishlar qilinmoqda. B. savdoiqtisodiy delegatsiyasining 1994 y. iyunida [[Oʻzbekiston]]ga tashrifi natijasida iqtisodiyot va savdo-sotiqning bir qancha sohalarida hamkorlik qilish haqidagi bayonnomalar imzolandi. 1997 y. noyab.da B. tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Shu yil 12 noyab.da Toshkentda B. tadbirkorlari vakillari ishtirokida O'zbekiston ishbilarmonlari uchun biznesseminar oʻtkazildi. Unda ikkala mamlakat oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish va iqtisodiy hamkorlik sohasidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish haqida kelishib olindi. Bolgariyalik mehmonlarning "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekengilsanoat" uyushmalarida, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi (1998 y. dek.dan [[x]]olding kompaniya), Toshkent sh. hokimligi, Sogʻliqni saklash vazirligi va "Uzfarmsanoat" konsernida oʻtkazgan muzokaralari samarali yakunlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi bilan B. oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1995 y. da 19,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 1994 y. koʻrsatkichidan deyarli 2 baravar oshdi. B. O'zbekistondan pa[[x]]ta tolasi, kalava ip, rangli metallar, noorganik kime mahsulotlari, me[[x]]anika asbobuskunalari sotib olmoqda va transport [[x]]izmatidan foydalanmoqda. Oʻzbekiston esa B.dan dori-darmon, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qandshakar, efir moylari, qandolat mahsulotlari, pardozandoz buyumlari, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, tamaki va h. k. keltiradi.
 
1997 y. yanv. sent. oylarida oʻzaro tovar aylanmasi 8089,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi va Oʻzbekistonning eksporti importidan 825,2 ming dollar ortiq boʻldi.
 
Alohida tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagicha: "Uzfarmsanoat" konserni B. ning farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqaruvchi katta birlashmasi "Farma[[x]]im" bilan qoʻshma kor[[x]]ona barpo etishga kirishdi. Jumladan, bron[[x]]olitin preparatini i.ch. kor[[x]]onasini tashkil etish shartnomasiga binoan B. tomoni 200 ming AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan asbobuskuna va materiallar yetkazib beradi. Bu kor[[x]]ona yiliga 1 mln. flakon preparat ishlab chiqaradigan boʻladi. "Oʻzelte[[x]]sanoat" uyushmasining "Foton" aksiyadorlik jamiyati "Karat" nazoratkassa apparatlari uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida "Sofiya" firmasi bilan shartnoma tuzdi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B.ning "Bulbank", "Ferst investment Bank LTd" banklari bilan vakillik munosabatlari urnatdi. "Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi" aksiyadorlik jamiyati 1990—91 y. larda B.ga 3 ta Il76 TD samolyotini yubordi.
 
1997 y. dek.da UzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roʻy[[x]]atidan oʻtgan B. sarmoyasi ishtirokidagi 15 ta qushma kor[[x]]ona bulgan. Ular orasida telefon apparatlari ishlab chiqaruvchi "Sitora", elektrkardiograflar yigʻuvchi va ularning ehtiyot qismlarini almashtiruvchi "Kontakt", tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Sikander", tish pastasi va b. ruzgor kimyosi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Albo", hisoblash te[[x]]nikasini taʼmirlovchi va ularga [[x]]izmat koʻrsatuvchi "Bulteks", bolalar taomi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Rossi S. A." va b. kor[[x]]onalar bor. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yuz foiz B. sarmoyasidagi "Bulgar Tradiud Co" tashqi savdo kor[[x]]onasini ruy[[x]]atdan utkazgan. Bundan tashqari mazkur vazirlik huzurida B. ning 2 ta firmasi: "Veko Limited" (akkumulyator i. ch., yuk tashish va sayyohlik faoliyati), "U. B. T. Ko" (t.y. transporti uchun asbobuskuna va materiallar yetkazib berish, yuk tashish va ekspeditorlik faoliyati) vakolat[[x]]onalari rasmiylashtirilgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Tarixi ==