Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 101:
 
== Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari}}
Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992 y. fevralda oʻrnatilgan boʻlsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. F. qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir Temur davridagi oʻzaro savdo-sotiq va doʻstona munosabatlarga oid yozishmalar bizga maʼlum.
 
1992 y. F.ning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 1995 y. Oʻzbekistonning F.dagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshlagach, oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining tamal toshlari OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1993 y. okt.da F.ga davlat tashrifi paytida qoʻyilgan boʻlib, unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. Oʻzbekiston Respublikasi va F. Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi "shartnoma, hukumatlar oʻrtasida investitsiyani himoyalash va oʻzaro ragʻbatlantirish haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi shular jumlasiga kiradi. 1994 y. apr.da F.ning sobiq prezidenti F. Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi boʻlib, OʻzRga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident I. Karimovning F.ga 1996 y. apr.dagi ikkinchi tashrifi va OʻzR Prezidenti I. Karimov hamda F. prezidenti J. Shirakning 1996 y. iyunda Florensiya da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002 y. davlat rahbarlarining NATOga aʼzo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga koʻtarish imkoniyatini berdi. OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1996 y. 21—24 apr.dagi ikkinchi tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga koʻtardi. I. Karimovning F. Respublikasi Prezidenti J. Shirak bilan uchrashuvi chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida I. Karimov YUNESKO qarorgoxdsa tashkil kilingan "Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning rivoji" mavzusidagi koʻrgazmada ishtirok etdi.
 
Oʻzbekiston va F. oʻrtasida oʻzaro tovar aylanmasi 2003 y. 72,3 mln. AQSH dollari, shundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%, toʻqimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%, farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%, transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi.
 
2003 y.da Oʻzbekistonda F.ning 14 kompaniyasi va 2 banki ("Kredi Kommersial de Frans" va "Sosiyete Jeneral") ishladi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 15 qoʻshma korxona, 100% fransuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004 y. 14 —16 yanvar daOʻzbekiston — F. savdoiqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat hamkorligi rejalariga muvofiq, "Sosiyete Jeneral" bankining krediti hisobiga "Buxoro viloyatida suv taʼminotini yaxshilash" dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2 ta "Boing—767300 ER" samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi "Rom Pulek" fransuz kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning vakolatxonasi ochilgan. OʻzR Pochta va telekommunikatsiya agentligi bilan F.ning pochta va telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida telekommunikatsiya jihozlarini i.ch. va ulardan foydalanish soxasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Fransuz mutaxassislari yordamida "Sprint" elektron pochta tizimining faoliyati yoʻlga koʻyildi. "Oʻzbekneftegaz" milliy korporatsiyasi F.ning "ElfAkiten" korxonasi bilan xamkorlikda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurish haqida shartnoma tuzdi. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir qator fransuz banklari ("Kredi Leone", "Sosiyete Jyuzi", "Bank Nasional de Pari", "Pariba", "Kredi Kommersial de Frans") bilan vakillik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻzbekistonda "Bofur Ispen Interneyshnl", "Ronpulenk" fransuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Shuningdek, F.ning "Er Frans" va Oʻzbekistonning "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyalari Toshkent — Parij — Toshkent marshruti boʻylab reyslarni amalga oshirmokda.
 
Oʻzbekiston va F. oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993 y. okt.da imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi F.ning turli oʻquv yurtlarida malaka oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof.oʻqituvchilar almashish, stajirovka, oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, "Parijsyud" va "Parij IV" universitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro universitetlari, Toshkent iqtisodiyot universiteti, "Bretansyud" universiteti bilan Oʻzbekiston jahon tillari universiteti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, OʻzR vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqib kelayotir.
 
Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmokda. Bunda OʻzR Fanlar akademiyasi va F. ilmiy tadqiqotlar milliy markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.
 
1998 y. okt.da OʻzR Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning Atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olishga muvaffaq boʻldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. F. bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 y.dan Toshkentda faoliyat yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish fransuz in-ti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yigʻishga kirishgan. Int kisqa vaqtda "19-a.dan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar", "Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari", "Rossiyada islom", "Temuriylar merosi", "Qoʻlyozmalarni saklash", "Islom va musiqa" mavzularida xalqaro konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi.
 
OʻzR Fanlar akademiyasi bilan F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995 y. yanvarda OʻzR Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta bilan J. Furye hamda Grenobl universitetlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. OʻzR Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari in-ti F.ning "Lotoksan" tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
 
Hoz. paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, nodir metallar, oʻsimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika universiteti bilan Parij universiteti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi.
 
Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994 y.da tanikdi oʻzbek sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqaridsi. "Soʻgʻdiyona" ansambli Liondagi milliy konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 y. birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997 y.da xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 y.da esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan "Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari "Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 y. davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 y. Parijning "Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994 y. Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. "Temuriylar sanʼati va tarixini urganish hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari" assotsiatsiyasining "Temurid" jur. ning maxsus soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996 y. Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 y. esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva sh.larining 2500 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva sh.lari yubileyi tantanalariga "Oʻzbekiston madaniyati kunlari" ulanib ketdi. Shuningdek, F.da oʻzbek yozuvchilarining , Oʻzbekistonda fransuz yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun F. Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003 y. fransuz yozuvchisi F. Bressanning F.da fransuz tilida nashr etilgan "Maftunkor Samarkand" kitobining takdimoti bulib utdi. Toshkentdagi F. elchixonasida 2002 y.dan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi ishlamoqda. 2004 y. fevralda Parijda "Ibn Sino" uyushmasi tuzildi. 1998 y. apr.dan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston — Fransiya" dustlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon sh.lari oʻrtasida toʻgʻridantoʻgʻri hamkorlik aloqalari urnatilgan. Malika Sharipova, Mirshohid Aslanov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Fransiya''', '''Farangiston''' ('''Fransuz Respublikasi''', [[fransuzcha]] ''République française'') [[G‘arbiy Yevropa]]dagi mamlakatdir. Hududiga Dunyo okeanidagi ba’zi orollar va boshqa qit’alardagi yerlar ham kiradi. Poytaxti - [[Parij]] shahri. Davlat nomi frank qabilalari nomidan kelib chiqqan.