Kamerun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Kamerun_infoKamerun info}}
'''Kamerun''' (ing . Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing . Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. [[BMT]] aʼzosi Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliyey 21,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Yaunde[[Yaoundé]] shshahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi .
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kamerun''' (ing . Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing . Republic of Cameroon, frans. Republique du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi b-n tutash. Mayd. 475,4 ming km2, axoliyey 21,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Yaunde sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi .
 
 
== Davlat tuzumi ==
K. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 y. 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995 y.da tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi -prezident (1982 y.dan Pol Biyya). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli b-n 7 y. ga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 15 ⟶ 11:
 
Aholisining koʻpchiligi bantu (duala, balundu, basa va b.), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy eʼtiqodni saqlagan, 35% qismidan ortigʻi xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va b.
 
 
== Tarixi ==
Qator 23 ⟶ 18:
 
Nihoyat, 1960 y. 1 yanv.da Sharqiy K. mustaqilligi eʼlon qilinib, 13 no-yab.dan K. Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961 y. 1 okt.da Gʻarbiy K.ning K. Respublikasiga birlashuvi natijasida K. Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini koʻtarish choralari koʻrildi: yagona pul va oʻlchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar K. milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-sʼyezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972 y. 20 maydagi referendum natijasida KFR K. Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984 y. 25 yanv.dan boshlab K. Respublikasi deb ataladigan boʻldi. K. — 1960 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika eʼlon qilingan kun (1972).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Respublikani himoya qilish harakati, 1991 y. da tuzilgan; K. xalqi demokratik birlashmasi, 1966 y.da asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991 y.da tuzilgan; Ijtimoiy demokratik front, 1990 y.da asos solingan; K. xalqlari ittifoqi, 1991 y.dan oshkora ishlay boshlagan. K. mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashkiloti, 1972 y.da tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi .
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 37 ⟶ 30:
 
Qishloq xoʻjaligi ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan koʻprogʻi oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar b-n band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yongʻoq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham yetishtiriladi. K. shim. va gʻarbida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik muhim rol oʻynaydi. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qoʻltigʻida turli baliqlar ovlanadi.
 
 
== Transporti ==
Qator 43 ⟶ 35:
 
K. chetga neft, yogʻoch, paxta tolasi, kauchuk, banan, yer yongʻoq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi hamda moylash materiallari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Niderlandiya, Fransiya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya. Pul birligi — Afrika franki.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 51 ⟶ 42:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Kamerun tribyun" ("Kamerun minbari", ingliz va fransuz tilidagi kundalik gaz., 1974 y.dan), "Kamerun autluk" ("Kamerun istiqboli", ingliz tilidagi xususiy gaz., 1971 y.dan), "Kamerun nuvo" ("Yangi Kamerun", fransuz tilidagi xususiy gaz., 1984 y.dan), "Kamerun tayms" ("Kamerun vaqti", ingliz tilidagi xususiy gaz., 1960 y.dan), "Ofjektif" ("Maqsad", fransuz tilidagi oylik jur., 1979 y.dan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978 y.da tashkil etilgan. K. radio va telekoʻrsa-tuvi — hukumat mahkamasi, 1988 y.da tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955 y.dan olib boriladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Xalq ogʻzaki ijodiyoti K. xalqi hayotida muhim rol oʻynaydi. 20-a. boshlarida bamum yozuvi paydo boʻlib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-y.lardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida boʻlib, milliy ozodlik harakati b-n chambarchas bogʻlangan. Koʻpchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-a. 50-y.laridagi ozodlik kurashining taʼsiri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" sheʼriy toʻplami va b.). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini koʻrsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va h.k.). K. mustaqillikka erishgach, K. madaniyati jamiyati, K. shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963 y.dan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jur. chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (koʻp xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy oʻrin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalarini davom ettirish b-n birga hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy sheʼrlardan iborat "Negrcha niqoblar" toʻplami keyingi yillardagi salmoqli asar boʻldi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, toʻgʻri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga oʻxshatib loydan qurilgan 6—8 m li konussimon uylar koʻp. 19-a. oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda arabcha va yevropacha uslub qorishib ketgan binolar qad koʻtardi. Keyingi yillarda zamonaviy meʼmoriy inshootlar mahalliy meʼmorlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi "Kokotye" mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi prezident qarorgohi, fransuz madaniy markazi, vokzal binolari). K. xalqlari oʻrtasida yogʻoch oʻymakorligi (uy jihozlari, yogʻochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamonaviy yogʻoch oʻymakorlaridan Mombe Massanga, uning ugli G. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir.
 
 
== Musiqasi ==
K. aholisining milliy tarkibi xilma-xilligi musiqa madaniyatining oʻziga xosligini belgilaydi. Cholgʻu asboblari ham turlicha: urma cholgʻulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, balafon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholgʻu dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga joʻr buladigan musiqa: baliqchilar qoʻshigʻi, makkajoʻxori uqalovchi ayollar qoʻshigʻi va b. mavjud. Ayrim qoʻshiqlar yakkaxonlikda, boshqalari joʻr ovozlikda hamda koʻp ovozliqda ijro etiladi. Koʻpgina qoʻshiqlarni raqsdan ajratib boʻlmaydi. Pigmeylarning qoʻshiq-raqs anʼanasi ham oʻziga xos. Ularning "mvet" musiqa tomoshalari gʻoyat jozibador. Xalq musiqa ijodi b-n birga anʼanaviy professional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan.
 
20-a. da Yevropa va Amerika musiqasining taʼsiri kuchaydi. Zamonaviy kompozitorlar, dirijyorlar, sozandalar yetishib chikdi, ashula va rake ansambllari tashkil topdi. K. musiachilar va kompozitorlar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini toʻplash va oʻrganish yoʻlga qoʻyildi .
 
 
== Teatri ==
K. xalqlari oʻrtasida qadimdan raqs-musiqa oʻyinlari — pantomimalar odat boʻlgan. Ayrim raqslar baʼzan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga oʻxshab ketadi. 1955 y. Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona oʻzining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961 y. da Dualada K. xalk, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning koʻriklari, sanʼat festivallari oʻtkazildi .
 
 
== Kinosi ==
K.da yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rej. T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rej. J. P. Ngassa). 1966 y.da Axborot vazirligi huzurida kino boʻlimi ochildi. 1973 y.da kino sanoati jamgʻarmasi taʼsis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamgʻarmadan mablagʻ berila boshladi. Rej. J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. Rej. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Manbalar ==
'''Kamerun ''' (Kamerun Respublikasi) poytaxti — [[Yaoundé]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
Qator 81 ⟶ 68:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}