Sabuktegin: Versiyalar orasidagi farq

4 212 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
(+ {{Birlashtirish|Sabuktegin}})
Tahrir izohi yoʻq
{{Birlashtirish|Sabuktegin}}
'''Sebukteg`in (G`azneviy)''' - [[G`azneviylar davlati]] hukmdori (963 - 997). [[G`azneviylar]] sulolasidan.
{{G`azneviylar davlati}}
'''Sebukteg`in (G`azneviy)''' - [[G`azneviylar davlati]] hukmdori (963 - 997). [[G`azneviylar]] sulolasidan.
'''Sabuktegin''', Sabuqtakin, Abu Mansur Nosiruddin vaddavla Sabuktakin (940, [[Issiqkoʻl (koʻl)|Issiqkoʻl]] atrofidagi Barsxon [[shahar|sh.]] — 997, [[Balx]]) — davlat arbobi va sarkarda, gʻaznayeiylar sulolasi va [[Gʻaznavilar davlati|Gʻaznaviylar davlati]] asoschisi. S. asli [[qarluqlar|qarluq]] turklaridan boʻlib, uning otasini Qora Bajkam (turkcha Qora Hoʻkiz; asl ismi Juk) deyishgan. Oʻzaro urushlarning birida oʻsmir S. asir tushgan. [[Tarix]]chi [[Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib|Bayhaqiy]]nknt yozishicha, Nasr hoji nomli quljallob tomonidan u [[Buxoro]] [[bozor]]idan sotib olinib, [[Juzjon]] (Gʻuzgʻonon)ga olib kelingan hamda [[Nishopur]]da [[somoniylar]]nknt Gʻaznadagi noibi [[Alptegin]]ta sotib yuborilgan. S. dovyurakligi va jasurligi bois Alptegin huzurida mavqei tez oshib, uning qiziga uylangan (bu nikoxdan uning valiahdi Ismoil tugʻilgan. [[Zobuliston]] hokimining qizi boʻlgan xotinidan esa Mahmud dunyoga kelgan). Hindistonga qilingan bir qancha yurishlarda faol qatnashgan. Oddiy gʻulomlikdan sipohsolor darajasiga koʻtarilgan. Alptegin vafot etgach (963), Somoniylarning Gʻaznadagi noiblari huzurida xizmat qilgan. [[Qoʻshin]]ning talabiga koʻra, Gʻazna viloyati amiri boʻlgan (977 y. 1 mart). Bu davrda Gʻazna viloyatiga Bust, Gardiz, [[Parvon]], [[Kobul (shahar)|Kobul]], [[Zamindovar]], Kusdar, [[Bomiyon]], [[Toxariston|Tohariston]], [[Hirot]] va Gʻur viloyatlari qoʻshib olingan. Shim. Hindistonga gʻaznaviylarning ilk yurishlarini boshlab, hind rojasi Jaylalni magʻlubiyatga uchratgan. Peshovar va Lamgʻon oʻrtasidagi xudud fath etilgan. Oradan koʻp oʻtmay Gʻazna viloyati somoniylardan ajralib chiqib, mustaqil davlat ([[poytaxt]]i — [[Gʻazna]] sh.)ga aylangan.
 
S. bilan somoniylar amiri [[Nuh Ibn Mansur|Nuh ibn Mansur]] oʻrtasida [[Kesh]] va [[Naxshab]]da oʻzaro uchrashuv boʻlib, unda S. somoniylarni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan. Gardiziynchnt yozishicha, S.ning 20 ming kishilik qoʻshini somoniylarning Xurosondagi noibi isyonkor Abu Ali Simjuriy ([[Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim|Abulhasan Simjuriy]]ning oʻgʻli) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarba bergan (994).
 
994 y. S. qoʻshini Hindistonda ham gʻalabalarga erishgan va mahalliy aholining bir qismi islom dinini qabul qilgan. Oʻsha yili Abivardda xorazmshoh Abu Ali Maʼmun I (992—997) qoʻshini ustidan ham zafarga erishgan. Bu gʻalabalar uchun abbosiylar xalifasi alQodir S.ga "Nosiruddin vaddavla" ("Din va davlat himoyachisi"), uning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviyta "Sayf uddavla" ("Davlat qilichi") faxriy unvonlarini bergan (994 y. noyabr).
 
Hirot yaqinida Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa S. oʻgʻli Mahmud bilan birgalikda soʻnggi zarbani bergan (995 y. 21 iyul). Bu jangda dushmanning xazinasi va fillar oʻlja olingan, nomdor lashkarboshilar asir tushishgan. Xorazmga qochib ketgan Abu Ali Simjuriy oʻzining 3 safdoshi bilan keyinchalik S. tomonidan oʻldirilgan.
 
Movarounnahrga qoraxoniylar hujumi boshlangach (996), S. oʻgʻli Mahmud va birodari Boʻgʻrochiq boshchiligida Buxoroga 20 ming kishilik qoʻshin joʻnatgan. Ular bilan qoraxoniy Bugʻroxonning vorisi Nasr Iloqxon oʻrtasida somoniylar amirining ishtirokisiz shartnoma tuzilib, somoniylarga Movarounnaxr markazi qoldirilgan va Amudaryoning jan. qismi — butun Xuroson hududida gʻaznaviylarning hukmronligi tan olingan.
 
S. hukmronlik davrida poytaxt Gʻazna sh. yirik siyosiy va madaniy markazga aylangan. Gʻaznaga borayotganda (Balx yaqinida) vafot etgan va Gʻazna atrofidagi AfgʻonSholida dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (11-a.). Bayhaqiy oʻzining "Tarixi Masʼudiy" nomli asarida S.ni aklli va adolatli, andishali hukmdor sifatida koʻrsatib, unga yuqori baho bergan.
 
== Manba ==
* AbulFazl Beyhaqi, Istoriya Mas’uda (10301041), T., 1962, M., 1969;
* Abu Sa’id Gardizi , Zayn alaxbor, T., 1991.
 
== Adabiyot ==
* Hamidjon Homidiy, Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
 
Qahramon Rajabov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Gʻaznaviylar]]
[[Turkum:Gʻaznaviylar davlati hukmdorlari]]
{{G`azneviylar}}
{{stub}}