Mahmud Gʻaznaviy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
AlexUzb (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11:
|imzo =
}}
'''Mahmud Gʻaznaviy''', Abulqosim Mahmud ibn Sabuqtegi (967— [[Gʻazna]], 1030) — davlat arbobi va harbiy sarkarda, [[Gʻaznaviylar]] davlati hukmdori (998—1030). [[Sabuktegin]]ning oʻgʻli. Yoshligida otasidan [[harbiy sanʼat]]ni puxta egallagan. [[Somoniylar]]ga qarshi isyon koʻtargan [[turk]] amirlari [[Abu Ali Simjuriy]] va [[Foyiq]]qa qarshi janglarda otasining qoʻshinida qatnashib, katta jasorat koʻrsatgani uchun [["sayf uddavla"]] ("davlat qilichi") unvoni bilan taqdirlandi (994). [[Gʻaznaviylar]] davlatining [[Nishopur]]dagi noibi (994—997). Otasi vafotidan soʻng taxtni egallagan (998 y.dan). [[Marv]] yaqinidagi jangda [[somoniylar]] qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan (999. 16.5). [[Somoniylar davlati]] agʻdarilgach, Mahmud]] [[Bagʻdod]] [[xalif]]asi [[al-Qodir]] (hukmronligi, 991 —1031)dan [["yamin uddavla va amin ulmilla"]] ("davlatning oʻng qoʻli va millatning ishonchi") degan faxriy unvon va [[Xuroson]] hokimligi haqida yorliq olgan (999). [[Qoraxoniylar]] xoni [[Nasr]] Mahmud Gʻaznaviy]]ga [[elchi]] yuborgan; 1001 y.da [[qoraxoniylar]] bilan tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq, har 2 davlat oʻrtasidagi chegara chizigʻi qilib [[Amudaryo]] belgilandi. Shunday qilib, [[Somoniylar davlati]] oʻrnida 2 ta yangi davlat tashkil topgan. M. F. qoʻlida [[Shimoliy Hindiston chegarasidan tortib [[Xazar]] ([[Kaspiy]]) dengizigacha choʻzilgan katta hudud birlashtirilgan. Keyinchalik bu davlat tarkibiga [[Shimoliy Hindiston]], [[Xorazm]] va [[Gʻarbiy Eron]] ham kiritilgan. [[Qoraxoniylar]] bilan ayrim urushlar (1006—08)dan soʻng , [[Chagʻoniyon]], keyinchalik [[Xuttalon]], [[Qabodiyon]] [[viloyat]]lari va [[Termiz]], [[Amul]] ([[Chorjoʻy]])ni ham oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. [[Mahmud Gʻaznaviy]] yirik harbiy yurishlar olib borish bilan birgalikda qoʻshni [[davlat]]lar hukmdorlari bilan diplomatik aloqalar va qarindoshlik munosabatlari oʻrnatgan. [[Bayhaqiy]]ning yozishicha, [[Xorazm]]dagi xalq gʻalayonlari oqibatida 1016 yilda [[Abul Abbos Maʼmun]] qatl etilib, taxtga uning jiyani yosh va tajribasiz [[Muhammad ibn Maʼmun]] oʻtirdi. [[Mahmud Gʻaznaviy]] bu xabarni eshitgach, qasos olish bahonasida katta qoʻshin (100 ming askar, 500 fil) bilan kelib, [[Xorazm]] davlati poytaxti [[Qiyot]]ni egallagan (1017) va hojib [[Oltintosh]]ni [[Xorazm]]da oʻz noibi qilib qoldirgan va [[Beruniy]] boshchiligidagi [[olim]]lar, [[shoir]]lar va [[sanʼatkor]]larni, shuningdek, yosh [[xorazmshoh]]ni butun sulolasi bilan [[Gʻazna]]ga olib qaytgan.
 
[[Fors]] [[tarixch]]isi [[Gardiziy]]ning [["Zayn al-axbor"]] ("Xabarlar koʻrki") asarida (1050—52) yozilishicha, 1025 y.da [[Samarqand]]ning janubida oʻsha davrning 2 buyuk hukmdori: [[Mahmud Gʻaznaviy]] va [[Qoraxoniylar]] [[tamgʻachxon]]i [[Qodirxon]] oʻrtasida tarixiy uchrashuv boʻlgan. Ikki oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra [[qoraxoniylar]]ning [[Samarqand]]dagi noibi Alptegin]] Movarounnahr]]ga qaytarib olinib, [[Qodirxon]]ning oʻgʻli Yiganteginga berilgan. Tazyiqqa uchragan 4 ming oʻtovli [[oʻgʻuz]] xonadonlari ([[Saljuq]]ning avlodlari) [[Mahmud Gʻaznaviy]] ning ruxsati bilan oʻsha yili [[Nurota]] atrofidagi [[Xuroson]]ga koʻchirilgan. [[Mahmud Gʻaznaviy]] [[qoraxoniylar]] bilan oʻz mavqeini mustahkamlab, asosiy eʼtiborni [[Shimoliy Hindiston]]ni oxirigacha zabt etishga qaratgan. U [[Panjob]] va [[Kashmir]] viloyatlariga 17 marta harbiy yurishlar uyushtirgan (1002—28). Mahalliy aholini [[islom dini]]ga kiritgan. Uning harbiy safarlarida [[Beruniy]] hamkorlik qilgan. [[Beruniy]]ning mashhur [["Hindiston"]] (1030—31) asari ushbu safarlar natijasida vujudga kelgan. [[Mahmud Gʻaznaviy]] [[arab]] va [[pahlaviy]] ([[fors]]) tillarini puxta bilgan, [[turkiy til]]da [[sheʼr]]lar bitgan. Oʻz davlatining poytaxti [[Gʻazna]]da nodir kitoblardan katta kutubxona toʻplagan. Bu davrda [[islom madaniyati]] rivojlanishi va [[islom dini]] tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, oʻz saroyida 400 dan ortiq [[olim]]lar, [[shoir]]lar va [[sanʼatkor]]lar ([[Beruniy]], [[Unsuriy]] va b.)ni toʻplab, ularga homiylik qilgan. Qudratli va jangovar harbiy qoʻshin hamda [[dengiz floti]]ga ega boʻlgan. [[Gʻazna]]da vafot etgan, qabrida maqbara oʻrnatilgan. Sharq allomalarining asarlarida [[Mahmud Gʻaznaviy]] adolatli va fuqaroparvar podsho, dushmanga nisbatan shafqatsiz sarkarda sifatida tasvirlanadi.
 
== Adabiyot ==
* Beruniy, Hindiston [Tanlangan asarlar], 2-j., T., 1965;
* Abu-l-Fazl Beyhaqi, Istoriya Masʼuda (1030—1041), T., 1962;
* izd. 2, M., 1969; Abu Sa’id Gar-d iziy , Zayn al-axbar, T., 1991;
* Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
Qahramon* RajabovOʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.<ref>Qahramon Rajabov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Qahramon Rajabov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{start box}}
{{succession box|before=[[Sabuktegin]]|after=[[Muhammad Gʻaznaviy]]|years=[[998]]—[[1030]]|title=[[Gʻaznaviylar davlati|Gʻazni sultoni]]}}
{{end box}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
[[Turkum:Gʻaznaviylar davlati]]
[[Turkum:Gʻaznaviylar]]