Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
"Oʻzbekiston bilan Shveysariya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach (1992), 1993 yil maydan Toshkentda Sh. elchixonasi faoliyat yurita boshlad..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlari''' — Oʻzbekiston bilan Shveysariya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach (1992), 1993 yil maydan Toshkentda Sh. elchixonasi faoliyat yurita boshladi. Savdoiqtisodiy qamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan hukumatlararo bitimga muvofiq, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoda qulay shartsharoitlarni vujudga keltirish tartibi belgilandi. Savdoiqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Sh. hukumatlararo komissiyasi ishlamoqda. 2003 yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 217,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. OʻzR dan Sh.ga paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, xizmat va boshqalar eksport qilinadi. Sh.dan elektr va mexanik jihozlar, farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar keltiriladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik tufayli OʻzR da Sh. sarmoyasi ishtirokida 77 korxona barpo etilgan. Ular orasida 57 qoʻshma korxona, Sh. sarmoyasi 100% boʻlgan 20 korxona bor. OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Sh.ning 33 firma va kompaniyasi vakolatxonalari roʻyxatga olingan. 1995 yildan Toshkentda "Kredi Sviss" banki vakolatxonasi ishlamoqda. 1995 yil yanv.dan Sh.ning Altendorf shahrida OʻzRning Savdo koʻrgazma markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 2002 yildan Sh. elchixonasi huzurida hamkorlik boʻyicha Sh. byurosi ishlamoqda. U ijtimoiyiqtisodiy yoʻnalish boʻyicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bilan shugullanadi. Ikki mamlakat oʻrtasida astronomiya, fizika, biofizika, genetika, biokimyo, tarix, tibbiyot, ekologiya boʻyicha ilmiy loyihalar hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uni amalga oshirishda OʻzR Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, Oʻzbekiston milliy unti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy ishlab chiqarish markazi, shuningdek, Bern, Jeneva, Syurix, Davos, Lozanna untlari ishtirok etmoqda. Samarqand unti bilan Syurix, Bazeldagi untlar oʻrtasida gumanitar va tabiiy fanlar masalalari boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. 1999 yildan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston—Shveysariya" doʻstlik jamiyati ishlamoqda.
 
== Manbalar ==
Qator 6:
{{Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlari}}
 
[[Turkum:Oʻzbekiston — Shveysariya munosabatlari| ]]
[[Turkum:Shveysariya]]