Bosniya va Gersegovina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Bosniya va Gersegovina''' (Bosna i Hercegovina), Bosniya va Gersegovina Respublikasi — Bolqon ya. o.ning markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 51,1 ming km². Aholisi 4 mln. 510 ming kishi (1996). Poyta[[x]]tiPoytaxti — Sarayevo sh.
 
Davlat tuzumi. B. va G. respublika boʻlib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat koʻrsatuvchi demokratik davlat. 1995 y. 14 dek.da kuchga kirgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat boshligʻi — B. va G. Prezidiumi raisi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — ikki palatali parlament assambleyasi. Ijroiya hokimiyat Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiya boʻiicha B. va G. 2 tuzilma: B. va G. Federatsiyasi va Serb Respublikasidan iborat.
Qator 5:
Tabiatya. B. va G. hududining 90% ni togʻlar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi boʻylab shim.ga choʻziladi va Oʻrta Dunay tekisligining jan. kismini tashkil etadi. Jan.dagi pastqam togʻlar va serhosil togʻlararo havzalar mintaqasi 2000–2400 m gacha balandlikdagi Dinara togʻliklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqpim moʻʼtadil, kontinental (yiliga 600– 800 mm yogʻin yogʻadi), togʻlarda nam va sovuq (yiliga 1500–2500 mm gacha yogʻin yogʻadi). B. va G. maydonining 40% — oʻrmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, buk), qolgani igna bargli (archa, qaragʻay) oʻrmonlar. Asosiy daryolari — Drina, Bosna, Vrbas, Neretva.
 
Aholisi. B. va G. aholisining 43,6% ni bosniyaliklar ("musulmonlar") tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), [[x]]orvatlarxorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili — bosniya, serb va [[x]]orvatxorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav [[x]]ristianlarxristianlar (31%), katoliklar (15%) va b. Yirik shaharlari: Sarayevo, BanyaLuka, Zenitsa, Tuzla.
 
Tarn[[x]]yaTarnxya. B. va G. hududida tosh davri (paleolit) da ham aholi yashagan. Qad. aholisi illiriylar boʻlgan. Mil. av. 3-a.da ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qad. Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-a. birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6—7-a.larda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-a. oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Za[[x]]umleZaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12—14-a.larda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-a.da, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353—91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning jan. qismidagi hukmdorlardan biri — Stepan Vukchich 1448 y.da oʻzini gersog deb eʼlon kildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482 y.da Gersegovinani turklar ishgol kildi. 1583 y.da B. va G. podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul kildi. B. va G da turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-a. boshlarida B. va G. [[x]]alqiningxalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-a. oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi tu[[x]]tashituxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872 y.da birinchi t.y. (BanyaLuka — Novi) ochildi. Biroq B. va G. ijtimoiyiktisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852— 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878 y.gi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi B. va G.ni bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908 y.da AvstriyaVengriya B. va G.ni oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918 y.da AvstriyaVengriya parchalangach, B. va G. serblar, [[x]]orvatlarxorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929 y.dan — Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 2-jahon urushi davrida 1941 y. aprelda B. va G. nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga koʻshib yuborildi. B. va G. fashist boskinchilarga karshi [[x]]alqxalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945—92 y.larda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992 y. aprelda B. va G. parlamenta 1992 y. 29 fevral va 1 martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992 y. aprelda respublikaning shim. hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "B. va G. Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar; i yul da B. va G. gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" mu[[x]]tormuxtor r-ni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993 y.da uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida B. va G. Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995 y. 21 noyabrda AQShning Dayton sh. yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida B. va G da tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. B. va G. 1992 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1996 y. 14 mayda oʻrnatgan.
 
Asosiy siyosiy partiyalari. Demokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990 y.da asos solingan; B. va G. serb demokratik partiyasi, 1990 y.da tuzilgan; B. va G. Xorvat demokratik hamdoʻstligi; "Bosniya va Gersegovina uchun", partiya, 1996 y. tuzilgan; Serb [[x]]alqxalq ittifoqi, partiya, 1997 y. tashkil etilgan.
 
Xoʻjaligi. 1992—95 y.lardagi urush harakatlari boshlangunga qadar B. va G. milliy daromadida q. [[x]]. ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qoʻngʻir koʻmir, temir va marganes rudalari, boksit kazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. B. va G.da qoʻngʻir koʻmir va lignit za[[x]]iralarizaxiralari (Tuzla, Zenitsa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990 y. 14,6 mlrd. kVtsoat elsktr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenitsadagi k-t, Iliyash va Vareshdagi zavodlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. B. va G.da t.y. uzunligi 1000 km, avtomobil yoʻllari uz. 21,1 ming km ni tashkil etgan (1991).
 
Q.[[x]].da mamlakat hududining ‘/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% — ekinzor, bogʻ va tokzorlar, qolgan qismi oʻtloq va togʻ yaylovlari boʻlgan. Makkajoʻ[[x]]oriMakkajoʻxori, bugʻdoy, kartoshka, te[[x]]nikatexnika ekinlaridan zigʻir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi — bosniya markasi.
 
Matbuoti. B. va G.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "Oslobodjene" ("Ozodlik", kundalik gaz., 1943 y.dan), "Vecherne novine" ("Oqshom yangiliklari", kundalik gaz., 1964 y.dan). B. va G. radiotelevideniyesi 4 radio va 2 telekoʻrsatuv dasturi asosida ishlaydi. 1945 y.dan radioeshittirishlar, 1969 y.dan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Tibbiy [[x]]nzmatixnzmati, maoryafi. B. va G.da 90-y.lar boshida 1000 kishiga kasal[[x]]onalardakasalxonalarda 5,8 oʻrin va 2,6 shifokor toʻgʻri kelgan. Maorif tizimi boshlangʻich maktab, gimnaziya, hunar va te[[x]]nikatexnika oʻquv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 unt mavjud.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
{{Yevropa}}
{{stub}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}