2 202
ta tahrir
Mayd. 238,5 ming km2. Aholisi 18,1 mln. kishi (1997). Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.
==Davlat tuzumi==
==Tabiati==
Aholnsining 73% i niger-kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (ashanti, fanti, adangme, eve); shim. viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moyey, gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili — ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari — Akkra, Kumasi, Tema, Takoradi, Keyp-Kost.
==Tarixi==
G. xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. 2-jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 y. iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi G.ga mustaqillik berilishini talab qiddi. 1956 y. inglizlar Oltin Qirgʻoqqa dominionlik berdi. 1957 y. 6 martda Oltin Kfi p-gʻoqGana (4—11-a.larda Gʻarbiy Sudandagi Gana davlati nomidan) nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1960 y. 1 iyuddan G.—respublika. G. 1957 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 28 okt.da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 mart — Mustaqillik kuni.
Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik kongress partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Xalq milliy konvent partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; EGLE partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; Yangi vatanparvarlik partiyasi, 1992 y.da tashkil. etilgan. G. kasaba uyushmalari kongressi, 1957 y.da asos solingan.
==Xoʻjaligi==
Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foydali qazilmalardan oltin, ol-mos, boksit, marganes rudasi qazib olinadi, yiliga oʻrtacha 6,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, poʻlat quyish, neftni qayta ishlash, avtomobil shinalarini taʼmirlash, ximikatlar, boʻyoq tayyorlash zavodlari, toʻkimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor .
Matbuoti, radnoeshittnrnshi va telekoʻrsatuvn. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: "Gani-an tayme" ("Gana vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), "Deyli grefik" ("Kundalik voqealar", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 y.dan), "Ivning nyus" ("Kechki yangiliklar", haftalik kechki gaz., 1974 y.dan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik hukumat gaz., 1953 y.dan), "Ekspiriyens" ("Tajriba", xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 y.dan). G. axborot agentligi — hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957 y.da tashkil etilgan. G. davlat ra-dioeshittirish korporatsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1965 y.dan olib boriladi .
==Adabiyoti==
Meʼmorchiligi va tasviriy savʼati. G.da uy-joy qurilishi qad. anʼanalar asosida rivojlangan (loy-guvalalardan aylana va toʻrtburchak shaklida ishlanib, tomini palma shoxi, poʻstloq, poxol va shiferlar bilan konusga oʻxshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. G.da mahalliy kabila boshliqlarining saroylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari geometrik oʻyma naqshlar bilan bezalgan. Akkra, Kumasi kabi katta shaharlarda temir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy koʻp qavatli binolardan iborat yangi kvartallar barpo etilgan .
G.da zargarlik, kulolchilik, toʻquvchilik, yogʻochsozlik, fil suyagi oʻymakorligi urf boʻlgan, oltin, kumush va bronzadan badiiy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak buyumlar, yarogʻ-aslahalar, vazalar ishlanadi. G.da mustaqillik eʼlon qilingach, professional sanʼat shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy sanʼatkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va rassom Kofi Antubam, rassomlar E. R. Sviting , A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okaye). G.da Madaniyat va sanʼat instituti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi Badiiy maktab, Kushasida meʼmorlik va kurili sh, hunarmandlik maktablari bor.
==Teatri==
==Kinosi==
== Adabiyotlar ==
|
ta tahrir