Maksim Gorkiy: Versiyalar orasidagi farq

44 bayt olib tashlandi ,  7 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
k (Cekli829 Gorkiy Maksim sahifasini Maksim Gorkiyga koʻchirdi)
Tahrir izohi yoʻq
[[File:Maxim Gorky 1902 by Savely Sorin.jpg|thumb|Gorkiy Maksim, 1902]]
'''Gorkiy Maksim Gorkiy''' (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov); (1868.16(28).3, Nijniy Novgorod — 1936.18.6, Moskva) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshkaruvining birinchi raisi.
 
G. bir qator roman ("Foma Gordeev", 1899; "Uchovlon", 1990—01 va b.), hikoya ("Konovalov", "Chelkash" va b.) va dramatik asarlar ("Meshchanlar", "Tubanlikda", 1902; "Chorbogʻchilar", 1904 va b.) muallifi."Tubanlikda" pyesasida G. shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan insonlarning azob-uqubatlarini mahorat bilan bergan. "Ona" (1907) romanida birinchi boʻlib adabiyotda inqilobiy kurashni xayrixoqlik bilan tasvirlagan. "Bolalik" (1913—14), "Odamlar orasida" (1915—16), "Mening dorilfununlarim" (1923) qissalari avtobiografiyu asarlardir. G. Sharq xalqlari tarixi bilan qiziqib, "Italiya ertaklari" (1911 — 13) asarida Sharq mifologiyasidan oʻz badiiy niyati asosida foydalandi, rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etib, uning tarixiy haqiqatdan uzokdashgan obrazini chizdi. G. mehnatkash ommaning Lenin rahbarligida 1917 i. okt.da mamlakatni ostin-ustun qilish, koʻplab begunoh kishilarning qonlarini toʻkish hisobiga tarixiy jarayonni oʻzgartirmoqchi boʻlganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, koʻpgina yozuvchilarni bolsheviklarning taʼqibidan saqlab qoldi. U oʻsha vaqtdagi vaziyatda Rossiyada sotsialistik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblaydi. Avval xalqning madaniy saviyasini koʻtarish, soʻng inqilob qilish mumkin, deb oʻylagan ("Bemavrid fikrlar" publitsistik asarlar turkumi, 1917—18). Ammo keyinchalik G. oʻzi qarshi boʻlgan sotsialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay oʻtib ketadi. G. bir qancha (L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, V. G. Korolenko va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. "Artamonovlar ishi" romani (1925)da yangi tarixiy avlodning gʻalabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan. "Jahon adabiyoti" nashriyoti, "Shoir kutubxonasi", "Ajoyib kishilar hayoti" va b. kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob gʻalabasi muqarrarligi "Yegor Bulichev va boshqalar", "Dostigayev va boshqalar" (1933), "Vassa Jeleznova" (2-nashri, 1935) pyesalarining bosh mavzuidir. "Klim Samginning hayoti" roman-epopeyasida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-a. boshlaridagi gʻoyaviyijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan. G. chet elda (1921—31) va Rossiyaga kaytganidan keyin zamonaviy adabiyot gʻoyaviyestetik tamoyillari (shu jumladan, sotsialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi va shu yoʻsinda kompartiyaga adabiyotni oʻz monopoliyasidagi gʻoyaviy qurolga aylantirib olishiga koʻmaklashadi. Sovet davlati rahbarlari G.ning katta xalqaro obroʻsidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalandilar. Ular makri bilan aldangan G. 30-y.lar boshlaridagi qatagʻon siyosatini tarbiyaviy aqamiyatga molik tadbir, deb tushundi. G. ijodi taʼsirida boshqa milliy adabiyotlar (fransuz, nemis, ingliz, xitoy kabi)da ham sotsialistik realizm metodiga asoslangan asarlar koʻplab yaratildi. G. asarlari 30-y.larning boshida dastlab Choʻlpon, keyinchalik A. Qahhor, Oybek, H. Olimjon, M. Ismoiliy va b. tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Aksariyat pyesalari Oʻzbekistan teatrlarida sahnalashtirilgan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
 
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}}
 
[[Turkum:Rus yozuvchilari]]
2 202

ta tahrir