Nabi Gʻaniyev: Versiyalar orasidagi farq

16 bayt olib tashlandi ,  7 yil oldin
k
77.92.68.65 tahrirlari CoderSIBot versiyasiga qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
k (77.92.68.65 tahrirlari CoderSIBot versiyasiga qaytarildi)
'''Gʻaniyev (Abdugʻaniyev) Nabi''' (1904 - Toshkent -1953.29.10) — kinorej., oʻzbek kinosining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Moskvadagi Oliy davlat badiiy-texnik ustaxonasining rabfakida oʻqigan (1921—25). 1925 y. Toshkentda kinostu-diya ishga tushirilgach, Gʻ. Toshkentga qaytadi va umrining oxirigacha shu kinostudiyada ishlaydi. Atrofiga iqtidorli yoshlarni toʻplab, ularga kino haqida koʻproq maʼlumot berish maqsadida "Kinoaktyor" va "Kinosse-nariy" kitoblarini yozadi, "Oʻzbekiston kino doʻstlari" jamiyatini tuzadi, kinotexnikum (hoz. Gʻ. nomida) ochilishida faollik koʻrsatadi. Avval aktyor, konsultant, rej. yordamchisi boʻlgan, asosiy rej.lik faoliyatini 30-y.lar boshlagan. Uning "Yuksalish", "Ramazon", "Yigit" filmlari oʻzbek badiiy kinosining shakllanishida muayyan bosqich yoʻlini oʻtadi.
 
2-jahon urushi yillari Gʻ. "Biz yengamiz" filmi suratga olinishida qatnashdi va "Dovyurak doʻstlar" filmini yaratdi. Keyinchalik unga katta shuhrat keltirgan va oʻzbek kinosining durdonalaridan boʻlgan "Tohir va Zuhra" (1944), "Nasriddinning sarguzashtlari" (1947), "Fargʻona qizi" (1948) kabi filmlarni ekranlashtirdi.