Oila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k A. Jassin Doe tahrirlari DastyorBot versiyasiga qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oila''' — nikohtnikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. O.ning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, O. aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos O. tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
 
O. jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli O. paydo boʻlgan. Lekin, bu O.larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazi-fasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).