Georgiy lentasi aksiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Ma'lumot
Qator 3:
 
Aksiya har yili 24-apreldan 12-maygacha shirkatlar va davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi. 2008-yilda Georgiy lentasi oʻttizdan oshiq mamlakatda tarqatildi. Hozirgi kungacha tarqatilgan lentalar soni 100 milliondan oshdi. Ushbu aksiya faol oʻtkaziladigan mamlakatlar qatorida [[Gretsiya]], [[Ukraina]], [[Estoniya]], [[Latviya]], [[Fransiya]], [[Italiya]], [[Germaniya]], [[Belgiya]], [[Buyuk Britaniya]], [[AQSH]], [[Xitoy]], [[Vyetnam]] va [[Afgʻoniston]] borligi aytiladi.<ref>{{cite web|title=Kubanda 300 mingdan oshiq Georgiy lentasi tarqatiladi|url=http://ria.ru/victory_news/20100413/221801239.html|work=RIA Novosti|accessdate=30-aprel, 2015|language=ruscha|date=13-aprel, 2010}}</ref>
 
Georgiya lentasining tashqi koʻrinishi va ranglari „1941-1945-yillardagi Ulugʻ vatan urishida Germiniya ustidan qozoqnilgan gʻalaba uchun“ medali lentasiga mos keladi. Bu aksiya orqali tarqatildigan lentalar georgiy lentasi deb nomlansa-da, ayrimlar ular aslida [[Gvardiya lentasi]]ga mos kelishini aytishadi. Gvardiya lentalaridan Ulugʻ vatan urushida erishilgan gʻalabaning ramzi sifatida foydalanilgan. Georgiy lentasi boʻlsa [[Yekaterina II]] davrida [[Avliyo Georgiy ordeni]] bilan birga yuzaga kelgan.
 
Aksiya „Bobom gʻalabasi — mening gʻalabam“, „Boylab ol, agar unutmagan boʻlsang!“, „Unutganim yoʻq! Faxrlanam“, „Biz — buyuk gʻalaba avlodlari“, „Gʻalaba uchun bobomga rahmat!“ kabi shiorlar ostida oʻtkaziladi.
 
2015-yil Oʻzbekistonda ayrimlar mamlakatda Georgiy lentasiga qarshi chiqdi. Oʻzbekistonda lentaning tarqatilishiga qarshi chiqqanlar uning „Rossiya imperializmi timsoli“ ekanini aytishdi.<ref>{{cite web|title=Oʻzbekistonliklar Georgiy lentasiga qarshi aksiya boshladi|url=http://www.ozodlik.org/content/article/26966411.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=30-aprel, 2015|date=19-aprel, 2015}}</ref> Aksiyani taqiqlash chaqiriqlari [[Qirgʻiziston]] va [[Qozogʻiston]]da ham kuchaydi. [[Ukraina boʻhroni]] ketidan Georgiy lentasi Ukraina sharqidagi ayirmachilarning ramzi sifatida koʻrila boshlandi.<ref>{{cite web|title=Qozogʻistonda Georgiy lentasini taqiqlash talab qilindi|url=http://www.ozodlik.org/content/news/26949128.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=30-aprel, 2015|date=10-aprel, 2015}}</ref>
 
== Manbalar ==