Ali Xomanaiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
 
== Biografiyasi ==
Ali Sayid Husayni Homenei [[1939-yil]]ning [[17-iyul]] kuni [[Eron]]ning [[Mashhad]] shahrida tugʻilgan. Homenei oilada sakkiz farzanddan ikkinchisi boʻlgan. Kelib chiqishi va millati boʻyicha [[Ozarbayjonlar|ozarbayjondir]]. Ali Homenei [[Muhammad]] paygʻambarning avlodlaridan biri boʻlgan [[Saidiylar]]dan kelib chiqgan. Uning bobosi Sayid Hussayn [[Janubiy Ozarbayjon]]da taniqli din arbobi hisoblanib, avval [[Hiyoboniy]] va [[Tabriz]]da, keyinroq esa [[Iroq]]ning [[En-Najaf]] shahrida yashab oʻtgan. Ali Homeneining otasi Sayid Javod Husayniy Homenei madrasada muallim, keyinroq Mashhad shahri ulamolaridan biri boʻlgan. Ali Homenei oʻz otasi haqida shunday degan: "''Otam mashhur ulamo boʻlgan. Biroq u juda sofdil boʻlib asketik hayot tarzini kechardi. Bizning hayotimiz ogʻir edi. Esimda, baʼzi vaqtlar uyimizda tushlik yoʻq edi. ''"93 yoshida vafot etgan. Onasi [[Yazd]] shahridan boʻlib, [[1989-yil]]da 76 yoshida vafot etgan.
 
Ali Homenei oʻz taʼlimini Mashhad shia akademiyasida (''Havza'') boshlagan. Uning muallim va oʻqituvchilari Haj Shayx Hoshim Gʻazviniy va Oyatullo Miloniy boʻlgan. [[1957-yil]]da Homenei [[Najaf]] shahriga koʻchib oʻtadi. Bir yil Najafda yashab [[Qum]] shahriga koʻchib oʻtadi. Qum shahrida u Oyatullo [[Husayn Borujerdiy]] va [[Ruhillo Homeyni]] bilan tanishadi. Ruhillo Homeynining radikal dunyoqarashi Ali Homeneiga qattiq taʼsir qilib u faol tarzda Shohga qarshi targʻibotini boshlaydi. [[1964-yil]]da Ruhillo Homeyni Erondan badargʻa qilinadi. Ali Homenei esa [[Birjand]]da «SAVAK» tomonidan hibsga olinadi, biroq keyinroq ozod etiladi va Homenei Mashhadga qaytib ketadi. [[1963]]—[[1975-yil]]gacha Homenei yana besh mart bir necha oyga qamoqqa tushadi.
Qator 61:
! align=left | Umumiy: || 16 841 800
|}
 
Ali Homenei Eron Prezidenti etib tayinlanganidan keyin Eronda aksilinqilobiy kuchlarga qarshi kurash boshlandi. Ushbu kuchlar faol partizanlik va terrorchilik ishlarini olib borayotgan edi. Ushbu faollik asosan Eronning shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy provinsiyalarda yaxshi sezilardi. Homenei «yoʻnalishdan ogʻish, liberalizm va pro-amerikanizmni» bartaraf etishni talab qildi. Ushbu inqilobiy sudlar tomonidan minglab anti-islomiy muxolifat aʼzolari qatl qilindi. Ushbu davlat terrori [[1982-yil]]gacha kuchda boʻlib, keyinroq ushbu sud davlat tomonidan yopildi.