Ali Xomanaiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
 
== Biografiyasi ==
Ali Sayid Husayni Homenei [[1939-yil]]ning [[17-iyul]] kuni [[Eron]]ning [[Mashhad]] shahrida tugʻilgan. Homenei oilada sakkiz farzanddan ikkinchisi boʻlgan. Kelib chiqishi va millati boʻyicha [[Ozarbayjonlar|ozarbayjondir]]. Ali Homenei [[Muhammad]] paygʻambarning avlodlaridan biri boʻlgan [[Saidiylar]]dan kelib chiqgan. Uning bobosi Sayid Hussayn [[Janubiy Ozarbayjon]]da taniqli din arbobi hisoblanib, avval [[Hiyoboniy]] va [[Tabriz]]da, keyinroq esa [[Iroq]]ning [[En-Najaf]] shahrida yashab oʻtgan. Ali Homeneining otasi Sayid Javod Husayniy Homenei madrasada muallim, keyinroq Mashhad shahri ulamolaridan biri boʻlgan. 93 yoshida vafot etgan. Ali Homenei oʻz otasi haqida shunday degan: "''Otam mashhur ulamo boʻlgan. Biroq u juda sofdil boʻlib asketik hayot tarzini kechardi. Bizning hayotimiz ogʻir edi. Esimda, baʼzi vaqtlar uyimizda tushlik yoʻq edi. ''"93Onam yoshidaqiyinchilik vafotbilan etganbizga ovqat tayyorlardi... Tushligimiz non va mayizdan iborat edi."'' Onasi [[Yazd]] shahridan boʻlib, [[1989-yil]]da 76 yoshida vafot etgan.
 
Ali Homenei oʻz taʼlimini Mashhad shia akademiyasida (''Havza'') boshlagan. Uning muallim va oʻqituvchilari Haj Shayx Hoshim Gʻazviniy va Oyatullo Miloniy boʻlgan. [[1957-yil]]da Homenei [[Najaf]] shahriga koʻchib oʻtadi. Bir yil Najafda yashab [[Qum]] shahriga koʻchib oʻtadi. Qum shahrida u Oyatullo [[Husayn Borujerdiy]] va [[Ruhillo Homeyni]] bilan tanishadi. Ruhillo Homeynining radikal dunyoqarashi Ali Homeneiga qattiq taʼsir qilib u faol tarzda Shohga qarshi targʻibotini boshlaydi. [[1964-yil]]da Ruhillo Homeyni Erondan badargʻa qilinadi. Ali Homenei esa [[Birjand]]da «SAVAK» tomonidan hibsga olinadi, biroq keyinroq ozod etiladi va Homenei Mashhadga qaytib ketadi. [[1963]]—[[1975-yil]]gacha Homenei yana besh mart bir necha oyga qamoqqa tushadi.