Ali Xomanaiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
 
== Biografiyasi ==
Ali Sayid Husayniy Xomanaiy [[1939-yil]]ning [[17-iyul]] kuni [[Eron]]ning [[Mashhad]] shahrida tugʻilgan<ref name="Саджадпур">{{cite news | title=Аятолла Хаменеи: Высший руководитель |publisher=Журнал "Pro et Contra", стр. 11-35|date=2008 июль — август|author=КАРИМ САДЖАДПУР| url=http://uisrussia.msu.ru/docs/nov/pec/2008/4/ProEtContra_2008_4_02.pdf| lang=ru}}</ref>. Xomanaiy oilada sakkiz farzanddan ikkinchisi boʻlgan. Kelib chiqishi va millati boʻyicha [[Ozarbayjonlar|ozarbayjondir]]. Ali Xomanaiy [[Muhammad]] paygʻambarning avlodlaridan biri boʻlgan [[Saidiylar]]dan kelib chiqgan. Uning bobosi Sayid Hussayn [[Janubiy Ozarbayjon]]da taniqli din arbobi hisoblanib, avval [[Hiyoboniy]] va [[Tabriz]]da, keyinroq esa [[Iroq]]ning [[En-Najaf]] shahrida yashab oʻtgan. Ali Xomanaiyning otasi Sayid Javod Husayniy Xomanaiy madrasada muallim, keyinroq Mashhad shahri ulamolaridan biri boʻlgan. 93 yoshida vafot etgan. Ali Xomanaiy oʻz otasi haqida shunday degan: "''Otam mashhur ulamo boʻlgan. Biroq u juda sofdil boʻlib asketik hayot tarzini kechardi. Bizning hayotimiz ogʻir edi. Esimda, baʼzi vaqtlar uyimizda tushlik yoʻq edi. Onam qiyinchilik bilan bizga ovqat tayyorlardi... Tushligimiz non va mayizdan iborat edi."'' Onasi [[Yazd]] shahridan boʻlib, [[1989-yil]]da 76 yoshida vafot etgan.
 
Ali Xomanaiy oʻz taʼlimini [[Mashhad]] shia akademiyasida (''Havza'') boshlagan. Uning muallim va oʻqituvchilari Haj Shayx Hoshim Gʻazviniy va Oyatullo Miloniy boʻlgan. [[1957-yil]]da Xomanaiy [[Najaf]] shahriga koʻchib oʻtadi. Bir yil Najafda yashab [[Qum]] shahriga koʻchib oʻtadi. Qum shahrida u Oyatullo [[Husayn Borujerdiy]] va [[Ruhillo Homeyniy]] bilan tanishadi. Ruhillo Homeyniyning radikal dunyoqarashi Ali Xomanaiyga qattiq taʼsir qilib u faol tarzda aksilshoh targʻibotini boshlaydi. [[1964-yil]]da Ruhillo Homeyniy Erondan badargʻa qilinadi. Ali Xomanaiy esa [[Birjand]]da «SAVAK» tomonidan hibsga olinadi, biroq keyinroq ozod etiladi va Xomanaiy Mashhadga qaytib ketadi. [[1963]]—[[1975-yil]]gacha u yana besh marta bir necha oyga qamoqqa tushadi.
Qator 131:
== Havolalar ==
 
[[Turkum:Eron]]
[[Turkum:Eron tarixi]]
[[Turkum:Eron prezidentlari]]