Ali Akbar Rafsanjoniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 38:
| sayti =
}}
'''Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy''' ({{lang-fa|علي اکبر هاشمی رفسنجانی}}) — [[Eron]]lik siyosiy va diniy arbob. 1989-1997-yillarda [[Eron Prezidenti]], 1980-1989-yillarda Eron Oliy Majlisis raisi, 1979-1980-yillarda Eron ichki ishlari vaziri. Hozirda turli siyosiy ishlar bilan mashgʻul.
 
== Biografiyasi ==
Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy [[1934-yil]]ning [[25-avgust]] kuni Eronning janubida joylashgan Kerman ostanidagi Nugʻ qishlogʻida, kambagʻal oilada tugʻilgan. 16 yoshida [[Qum]] shahriga koʻchib oʻtib Ruhillo Xomeyniy darslariga borishni boshlagan. Islom inqilobigacha Rafsanjoniy 15 yil ichida 5 marta qamoqqa tushib oʻtkazgan. Inqilobdan soʻng vaqtinchalik inqilobiy hukumat hukumat tarkibiga kirgan.
 
[[1980-yil]]da u Eronning yangi tashkil etilgan Oliy Majlisida rais etib tayinlangan va ushbu lavozimda [[1989-yil]]gacha faoliyat yuritgan. 1989-yilda Rafsanjoniy [[Ali Xomanaiy]] oʻrniga [[Eron Prezidenti]] saylovlarida ishtirok etib gʻalaba qozongan va Eron Prezidenti etib tayinlangan. Ali Akbar Rafsanjoniy Prezidentligi [[1997-yil]]ning avgust oyigacha davom etgan.
 
Prezidentligi davrida Rafsanjoniy juda koʻp sohalarda islohotlar oʻtkazgan. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli yakunlangan, biroq Eronda ozod bozor siyosatini isloh qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ushbu noaniq islohot tufayli mamlakatda inflyatsiya hajmi 49 foizga oʻsib ketgan.
 
Rafsanjoniyning Prezidentligi davrining boshi oʻsha paytda dunyoda roʻy bergan juda katta siyosiy oʻzgarishlar roʻy berganiga toʻgʻri kelgan. Aynan Rafsanjoniy Eronni qulagan [[SSSR]]ning [[Oʻrta Osiyo]] va [[Kavkazorti]] respublikalari bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga muhim rol oʻynagan. Shuningdek u Arab dunyosi davlatlari bilan ham hamkorlini kuchaytirishga harakat qilgan. Ham tashqi ham ichki siyosat boʻyicha Ali Akbar Rafsanjoniy Eronda eng hurmatli siyosatchilardan biri hisoblanadi.
 
[[Turkum:Eron Prezidentlari]]