Fayzulla Xoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 29:
== Hayot yoʻli ==
 
Fayzulla Xoʻjayev [[1896-yil]]i [[Buxoro AmirliginingAmirligi]]ning yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev [[Moskva]]da shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. [[1913-yil]]dan [[jadidlar]] safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida [[ma'rifat]] tarqatish bilan shugʻullangan. [[1917-yil]]dan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biridirbiri. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, [[1920-yil]]da Buxoro amiri [[Said Alim|Said Olimxon]]ni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.
 
1920-yilda [[Turkiston]]da [[muhojir]]likda boʻlib, „Yosh buxoroliklar“ partiyasining [[Turkiston byurosi]]ni tashkil qilgan. F.Fayzulla Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi [[shariat]] asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda [[xalq demokratik respublikasi]]nirespublikasini tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.
 
Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qoʻliga oʻtgandan soʻng, F.Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, [[Rossiya]] va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. [[1922-yil]]da u [[Germaniya]]ga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.
 
1925-yilda F.Xoʻjayev [[O`zbekiston Xalq nozirlari kengashi]]ning raisi etib saylandi. U oʻz faoliyatida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. F.Xoʻjayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur boʻldi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bagʻishlangan „Buxoro inqilobi tarixiga materiallar“ kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq taʼqibga olindi.
 
F.Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari sifatida Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojiantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.
 
F.Xoʻjayev [[1937-yil]]da [[qatagʻon]] qilindi va 1938-yil 15-martda<ref> [http://www.hrono.ru/dokum/1938buharin/1938proces.html Hrono.ru:Uchinchi Moskva jarayoni stenogrammasi]</ref> Moskvada oʻlimga mahkum etildi.