Darvishbek Rahmonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 26:
== Ijodga kirib kelishi ==
[[1975]] yilning [[yoz]]i, [[Oʻsh]] shahrida mashhur polvon Ergashxoʻja Norxoʻjayev rahbarligidagi attraksion guruh tomoshalar koʻrsatardi. Darvishbek [[tosh]] koʻtaruvchi polvonlarning [[harakat]]larini diqqat bilan kuzatar ekan, oʻzida ham polvonlikka qandaydir ichki [[ehtiyoj]] sezdi. Tomosha qizib turgan bir paytda polvon tomoshabinlarga qarab: „[[Taxta]]ga qoqilgan mixni kim sugʻurib oladi?“-deb murojaat etadi. Oʻshanda 22 yoshli Darvishbek davraga tushadi va mixni [[xamir]]dan qil sugʻurgandek sugʻurib oladi. Qarsaq ustiga qarsak, olqish ustiga olqish boʻladi. Bu muvaffaqiyat tufayli uning [[kun]]u-tun sevgan mashgʻuloti [[tosh]] koʻtarish boʻlib qoladi. U oltita 32 kilolik [[tosh]]larni qoʻlda irgʻitib oʻynar, [[tish]]da esa 192 kilolik [[tosh]]larni erdan uzib olar, chalqancha yotib ustidagi 30 kishini bemalol koʻtara olardi. Ustiga [[taxta]] qoʻyib [[tana]]sidan avtomashinani oʻtkazardi. Uning qoʻlida mix qoqishi va sugʻurib olishi, [[poʻlat]] [[zanjir]]larni uzishi, [[qoʻl]]i va [[tish]]i bilan [[temir]]ni egishini koʻrgan tomoshabin hayratdan yoqa ushlardi.
[[Zal]] qorongʻilashib yana yorishadi. [[Odam]]lar bir zum tin oladi. [[Sahna]]da Darvishbek Rahmonov illyuzion chiqishlar koʻrsata boshlaydi. Uning [[moʻʼjiza]]li [[qoʻl]]lari har xil [[fokus]]larni ijro etadi. Shundoq koʻz oʻngingizda [[moʻʼjiza]] sodir etiladi. Kichkina]] oppoq soqqalar uning elkalari osha koʻkragi boʻylay dumalay boshlaydi. Koʻzbogʻlovchining [[qoʻl]]lari bu soqqalarni qachon va qay holatda qoʻyib yuborganini [[koʻz]]ingiz ilgʻamay qoladi. Keyingisi yanada hayratlanarli: sizning yoki yoningizdagi kishining [[soch]]lari orasidan, choʻntaklaridan, tugmalari ostidan [[gugurt]] choʻplarini va xuddi shu tarzda bir hovuch [[tanga]]larni terib oladi. Darvishbek illyuzion chiqishlarini shunday chaqqonlik, [[nozik]]lik bilan bajaradiki, buni koʻrib xaqiqiy [[sanʼat]] va mahorat egasiga tan berasiz. Darvishbek odamlar nigohini sehrlab [[gipnoz]] seanslarini ham namoyish etadi.
 
== Taqdimot ==