Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 50:
Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda R. gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi R. imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70—90-y.larda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom R.ga qoʻshib olindi.
 
19-a. boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801—25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801 y. Sharqiy Gurjiston, 1809 y. Finlyandiya, 1812 y. Gʻarbiy Gurjistonning bir qismi va Bessarabiya R. imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806—07 y.larda R. Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812 y. Napoleon armiyasi R.ga bostirib kirdi, oʻsha yil 26 avg . (7 sent.)dagi Borodino urushida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814—15 y.lardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi R.gaRossiya imperiyasiga oʻtdi.
 
Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-a. oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813—14 va 1815 y.lardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida R. jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816—23 y.larda R.dagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 y.dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853— 56 y.lardagi Qrim urushida R.ning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 y. dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-a. oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860—70 y.lardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda R. bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.