Ali Xomanaiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 37:
== Biografiyasi ==
Ali Sayd Husayniy Xomanaiy [[1939-yil]]ning [[17-iyul]] kuni [[Eron]]ning [[Mashhad]] shahrida tugʻilgan<ref name="Саджадпур">{{cite news | title=Аятолла Хаменеи: Высший руководитель |publisher=Журнал "Pro et Contra", стр. 11-35|date=2008 июль — август|author=КАРИМ САДЖАДПУР| url=http://uisrussia.msu.ru/docs/nov/pec/2008/4/ProEtContra_2008_4_02.pdf| lang=ru}}</ref>. Xomanaiy oilada sakkiz farzanddan ikkinchisi boʻlgan. Kelib chiqishi va millati boʻyicha [[Ozarbayjonlar|ozarbayjondir]]<ref>{{cite web|url=http://web.archive.org/web/20070814165654/www.irinnews.org/report.aspx?reportid=26910 |title=Azeris unhappy at being butt of national jokes |publisher=UN Office for the Coordination of Humanitarian Affairs |work=IRIN |date=25 May 2006 |accessdate=2009-06-19}}{{oq|en|Although Azeris are prominent among Iran’s elite — the supreme leader Ayatollah '''Ali Khamenei is an Azeri''' — they are often the targets of jokes and regularly mocked by the Persian majority.}}</ref><ref>{{cite web|author=Jun 8, 2006|url=http://www.atimes.com/atimes/Middle_East/HF08Ak02.html|title=Asia Times Online :: Middle East - Foreign plots and cockroaches in Iran|publisher=Atimes.com|date=2006-06-08|accessdate=2009-06-19|archiveurl=http://www.webcitation.org/61Bbungpc|archivedate=2011-08-25}}{{oq|en|Supreme Leader Ayatollah '''Ali Khamenei — himself an Azeri'''}}</ref><ref>{{cite web|author=Sep 28, 2004|url=http://www.atimes.com/atimes/Middle_East/FI28Ak01.html|title=Asia Times - Asia's most trusted news source for the Middle East|publisher=Atimes.com|date=|accessdate=2009-06-19|archiveurl=http://www.webcitation.org/61Bbvcvst|archivedate=2011-08-25}}{{oq|en|Indeed, Iran’s supreme leader Ayatollah''' Ali Khamenei is an ethnic Azeri''' and so is Rahim Safavi, the overall commander of the Islamic Revolutionary Guards Corps (IRGC) and the most important military-security official in the country.}}
 
[[File:Jawad Khamenei Father of Iran Leader.jpg|left|150px|thumb|Ali Xomanaiyning otasi - Javod Husayniy Xomanaiy]]
</ref>. Ali Xomanaiy [[Muhammad]] paygʻambarning avlodlaridan biri boʻlgan [[Saidiylar]]dan kelib chiqgan. Uning bobosi Sayd Hussayn [[Janubiy Ozarbayjon]]da taniqli din arbobi hisoblanib, avval [[Hiyoboniy]] va [[Tabriz]]da, keyinroq esa [[Iroq]]ning [[En-Najaf]] shahrida yashab oʻtgan<ref name="Rahbar">{{cite news | title=The Rahbar: ’Ali Khamene‘i and the Iranian Culture Wars|publisher=The Estimate.|date=August 25, 2000| url=http://www.theestimate.com/public/082500.html| lang=ru}}</ref>. Ali Xomanaiyning otasi Sayd Javod Husayniy Xomanaiy madrasada muallim, keyinroq Mashhad shahri ulamolaridan biri boʻlgan. 93 yoshida vafot etgan. Ali Xomanaiy oʻz otasi haqida shunday degan: "''Otam mashhur ulamo boʻlgan. Biroq u juda sofdil boʻlib asketik hayot tarzini kechardi. Bizning hayotimiz ogʻir edi. Esimda, baʼzi vaqtlar uyimizda tushlik yoʻq edi. Onam qiyinchilik bilan bizga ovqat tayyorlardi... Tushligimiz non va mayizdan iborat edi."'' Onasi [[Yazd]] shahridan boʻlib<ref>{{cite news | title=Change Comes to Iran|publisher=The Daily Beast|date=Feb 19, 2009|author=Hooman Majd| url=http://www.theestimate.com/public/082500.html| lang=en}}</ref>, [[1989-yil]]da 76 yoshida vafot etgan<ref>{{cite news | title=Iran Leader's Mother Dies Of Heart Failure|publisher=The Telegraf, стр. 12 | url=http://news.google.com/newspapers?nid=2209&dat=19890807&id=BPYlAAAAIBAJ&sjid=R_wFAAAAIBAJ&pg=3089,1715923|date=August 7, 1989| lang=en}}</ref>.
 
Ali Xomanaiy oʻz taʼlimini [[Mashhad]] shia akademiyasida (''Havza'') boshlagan. Uning muallim va oʻqituvchilari Haj Shayx Hoshim Gʻazviniy va Oyatullo Miloniy boʻlgan. [[1957-yil]]da Xomanaiy [[Najaf]] shahriga koʻchib oʻtadi. Bir yil Najafda yashab [[Qum]] shahriga koʻchib oʻtadi. Qum shahrida u Oyatullo [[Husayn Borujerdiy]] va [[Ruhillo Homeyniy]] bilan tanishadi. Ruhillo Homeyniyning radikal dunyoqarashi Ali Xomanaiyga qattiq taʼsir qilib u faol tarzda aksilshoh targʻibotini boshlaydi. [[1964-yil]]da Ruhillo Homeyniy Erondan badargʻa qilinadi. Ali Xomanaiy esa [[Birjand]]da «SAVAK» tomonidan hibsga olinadi, biroq keyinroq ozod etiladi va Xomanaiy Mashhadga qaytib ketadi. [[1963]]—[[1975-yil]]gacha u yana besh marta bir necha oyga qamoqqa tushadi.
[[File:Jawad Khamenei Father of Iran Leader.jpg|left|150px|thumb|Ali Xomanaiyning otasi - Javod Husayniy Xomanaiy]]
 
== Siyosiy faoliyati ==
Ali Xomanaiy Islom inqilobining eng faol ishtirokchilaridan va Ruhillo Homeyniyning eng yaqin maslakdoshlaridan biri edi. Inqilobdan soʻng ular tomonidan «Jumhuriye islomi» gazetasiga asos solindi<ref>{{cite web|url=http://www.iranicaonline.org/articles/journalism-iii-post-revolution-era|title=JOURNALISM iii. Post-Revolution Era|publisher=[[Encyclopædia Iranica]]|archiveurl=http://www.webcitation.org/6839SCH3r|archivedate=2012-05-30}}</ref>. Ruhillo Homeyniy Ali Xomanaiyni [[Tehron]]dagi bosh juma masjidi imomi (rahbari) (oʻsha paytda [[Tehron]]dagi umumdavlat va umummilliy siyosiy xabarlar joyi) etib tayinlaydi. Ushbu lavozimda u Oyatullo [[Husayn Ali Montazariy]]ning oʻrnini egalladi. Keyinroq u kam vaqt [[Abulhasan Banisadr]] hukumatidagi harbiy qoʻmondonlik vaziri oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritadi. Xomanaiy bir necha marotaba eron-iroq urushi paytida [[parlament]] komiteti nomidan frontlarga tashrif buyuradi.