Ismlar imlosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 22:
 
== Mazmuni ==
Padari buzrukvorim [[Rahmonberdi Madazimov|Mirza Rahmonberdi Muhammadazim oʻgʻli]] bosma [[kitob]]idan koʻchirma: Nom risala yangi ijod Mirza Rahmonberdi Oʻshni tasnif qilgan asari moʻmin va moʻminalar uchun yaʼni oʻgʻil-qizlar 1332-1333 xijriy, 1914 milodiy yili tanlangan, ishlangan. 1915 yili [[Turkiston]] [[general-gubernator]]i devoni qoshidagi Toshkent shahar [[nashriyot]]ida nashr etilgan. [[Rahmonberdi Madazimov|Mirza Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim Aʼlamzoda ibni Hojiboy]] “ISMLAR IMLOSI” asaridan parcha Eski arab alifbosidan yangi oʻzbek alifbosiga 24 yanvar [[1954]] yilda (1373 yil xijriy juma-yakshanba dam olish kunlari) koʻchirdi [[Oʻrinboy Rahmonov|Oʻrinboy ShergʻozievichShergʻoziyevich Rahmonov]].
 
'''RAHMONBERDI hoji MADAZIMOV'''
Qator 32:
Bismillaxir roxmanir roxiym!
 
Ushbu risola (kitob)ni tasnif qilmoq (yozmoq)din birinchi maqsadi shul kim biz [[Turkiston]] (Markaziy Osiyo)lik [[musulmon]] (oʻzbek)lardan aksarimiz farzandlarimizga ism qoʻymoqda ulamo va fuzalolarga va ushbu azizlarga oʻxshagan zotlarga [[kitob]]ga muvofiq qoidadagi ismlarni kamdan-kam qoʻydiramiz. Oʻzlarimizga yodimizga kelgan ismlarni qoʻyar ekanmiz, farzandlarimizni xunuk ismda qolmogʻiga sabab boʻlamiz. Misol, oʻgʻil boʻlsa Oʻroqboy-Ottoʻqoʻr. Qiz boʻlsa Beram, Burma va shunga oʻxshash vaqtincha omonat qoʻyilgan ismlarni vaqtida oʻzgartirolmay beparvolik bilan, kamolga etsayetsa ham shul nomunosib ism bilan qolib ota-onalaridan norizo boʻlsalar kerak. Hammaga maʼlumdirkim, ota-onani farzandi uchun qiladigan ishlarini biri ushbu ism qoʻymoqda andisha va mulohaza qilmoqdir. Bizni ushbu risolada ham baʼzi qoidaga zid ismlardan oz-moz bordir. Ammo ular juda ham nomunosib emasdir. Shul ismlarni xolislagan (tanlagan)dirmiz. Noboblarni yozmadik, binobarin, ushbu risolani ijod qildik to kim ushbugʻa qarab har kim xoxlagan ismini qoʻymoqqa oson boʻlishi uchun. Va ham aksar darkor boʻlgan vaqtda baʼzi odamlarni ismini kishi hayolidan faromish (chiqarib) qoladir. Oʻshandoq vaqtda, ushbu risolani baxr olib faslidan boshlab to oxirgi fasligacha qaysi faslda boʻlsa qarab topmoqqa rahbardir. Chunki baʼayni (baʼzi) odamlar ismi yodidan koʻtarilgan kishining nomini bosh harfi yodidan chiqmaydir. Shundoq odamlarga koʻproq zarurdir. Maʼlumlari ulgʻaykim ushbu risola ichidagi nomlar, xususan biz Turkiston (Markaziy Osiyo)lik musulmonlar (oʻzbeklar) orasida koʻproq ataladirgan ismlardir. Gʻayri (chet) mamlakatlardagi musulmon (oʻzbek) qardoshlarimiz oʻz qoidalariga qarab bulardin boʻlak ham nomlar qoʻyurlar. Bul kamina faqir alxaqir saropo tasipini oftobdin zarra va daryodin qatra topgan fikr qasronim va justjoʻy ojiza namni etgan joyi alxol ushbu minvolgʻacha kamina oʻqib koʻrguchi zotlardan umid shulkim daf ato ijtihodimizga shikast bermasalar ekan, inson xatosiz boʻlmagay. Balkim sahu-sarvu xatolari boʻlsa, bizni ogox qilib, bilmaganimizni bildirib, buzilgan joylari boʻlsa islox (tuzatib) qilib oʻtmoqlarini riji etamiz!!! Ushbu birinchi marotibadagi risolamizda baʼzi ismlar mastur boʻlmay notamomdir. Binobarin, har bir harf faslini etagidan oxiridan oz-ozdan boʻsh joy qoldirdik, to kim har kimni oʻz hayoliga kelib mundin koʻrinmagan nomlardan boʻlsa, marhamat aylab yozib qoʻymoqlari uchun, inshoollo biz oʻzimiz ham just-joʻ aylab kitoblardan koʻrib, mundin qolgan nomlarni keyincha chiqadirgan risolaga qoʻshsak kerak. Ushbu risolani avvalida mozkurlarni (oʻgʻillarni) va oxirida munisalar (qizlarni) ismi bayon qilinur. Hammasi avjad (alifbe, harf, kofiya oʻziga mos) tartib bilan. Ammo maxsus boʻlgan nomlardan ham zikr boʻlindi. Agarchandiki darkor boʻlmasa ham qadimlardin yodgori uchun bul toʻgʻrida munislarni xaqir koʻrmasdan orzu-iltimoslarini ham darcha iltifotga olib muallimlardin (otincha, oʻqituvchi xotin-qizlardin degan gap) musavda olib va ham jon roʻyxatdan koʻtarib ushbuni oxiriga tirkadik, aybga buyurmagaylar. Chunkim barcha insonni tuqqan onasi xotin kishi boʻlgandan soʻng, 2-jidadil shul kim oʻgʻil ham farzand, qiz ham farzand. Qiz bolalar ismlarini ham aksar erkaklar qoʻyadirlar.
 
=== '''Oʻgʻil bolalarning ismlari''' ===