Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
"thumb|right|300px|Federatsiya aʼzolari '''Markaziy Osiyo Futbol Federatsiyasi''' ({{lang-en|Central Asian Footbal..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

30-Iyun 2015, 07:57 dagi koʻrinishi

Markaziy Osiyo Futbol Federatsiyasi (inglizcha: Central Asian Football Federation) — Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Markaziy Osiyo davlatlari milliy futbol federatsiyalarini birlashtiruvchi va nazorat qiluvchi birlashma federatsiya. 2014-yilning iyun oyida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qarori bilan asos solinib 2015-yilning yanvar oyida rasman tashkil etilgan. Federatsiya bosh binosi Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan[1]. Federatsiya Prezidenti - Oʻzbekistonlik Mirabror Usmonov hisoblanadi[2]. Federatsiya vitse-prezidentlari - Eronlik Ali Kafashian va Tojikistonlik Rustam Emomali.

Federatsiya aʼzolari

Keyinroq Markaziy Osiyo Futbol Federatsiyasiga Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasiga oʻz rasmiy nomzodini qoʻyish imkoni beriladi. Ushbu yangi federatsiya Eron Futbol Federatsiyasi tashabbusiga koʻra, uning Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi bilan boʻlgan tushunmovchiliklari sabab tashkil etilgan. Yangi federatsiya tuizsh qarori Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Prezidenti Salmon Bin Haim Al-Xalifaning siyosiy qarori deb baholandi[3]. Oldinroq Oʻrta Osiyo davlatlari: Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo futbol Federatsiyasiga aʼzo edi.

Aʼzo davlatlar

Manbalar

Havolalar

[[Turkum:]]