Ismlar imlosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 27:
 
== Muqqaddima ==
Ushbu risola (kitob)ni tasnif qilmoq (yozmoq)din birinchi maqsadi shul kim biz [[Turkiston]] ([[Markaziy Osiyo]])lik [[musulmon]] ([[oʻzbek]])lardan aksarimiz [[farzand]]larimizga ism qoʻymoqda [[ulamo]] va fuzalolarga va ushbu azizlarga oʻxshagan zotlarga kitobga muvofiq qoidadagi [[ism]]larni kamdan-kam qoʻydiramiz. Oʻzlarimizga yodimizga kelgan [[ism]]larni qoʻyar ekanmiz, [[farzand]]larimizni xunuk ismda qolmogʻiga sabab boʻlamiz. Misol, oʻgʻil boʻlsa Oʻroqboy-Ottoʻqoʻr. Qiz boʻlsa Beram, Burma va shunga oʻxshash vaqtincha omonat qoʻyilgan ismlarni vaqtida oʻzgartirolmay beparvolik bilan, kamolga etsa ham shul nomunosib ism bilan qolib ota-onalaridan norizo boʻlsalar kerak. Hammaga maʼlumdirkim, ota-onani farzandi uchun qiladigan ishlarini biri ushbu ism qoʻymoqda andisha va mulohaza qilmoqdir. Bizni ushbu risolada ham baʼzi qoidaga zid ismlardan oz-moz bordir. Ammo ular juda ham nomunosib emasdir. Shul ismlarni xolislagan (tanlagan)dirmiz. Noboblarni yozmadik, binobarin, ushbu risolani [[ijod]] qildik to kim ushbugʻa qarab har kim xoxlagan ismini qoʻymoqqa oson boʻlishi uchun. Va ham aksar darkor boʻlgan vaqtda baʼzi odamlarni ismini kishi hayolidan faromish (chiqarib) qoladir. Oʻshandoq vaqtda, ushbu risolani baxr olib faslidan boshlab to oxirgi fasligacha qaysi faslda boʻlsa qarab topmoqqa rahbardir. Chunki baʼayni (baʼzi) odamlar ismi yodidan koʻtarilgan kishining nomini bosh harfi yodidan chiqmaydir. Shundoq odamlarga koʻproq zarurdir. Maʼlumlari ulgʻaykim ushbu risola ichidagi nomlar, xususan biz [[Turkiston]] ([[Markaziy Osiyo]])lik [[musulmon]]lar ([[oʻzbek]]lar) orasida koʻproq ataladirgan ismlardir. Gʻayri (chet) [[mamlakat]]lardagi [[musulmon]] ([[oʻzbek]]) qardoshlarimiz oʻz qoidalariga qarab bulardin boʻlak ham nomlar qoʻyurlar. Bul kamina faqir alxaqir saropo tasipini oftobdin zarra va daryodin qatra topgan fikr qasronim va justjoʻy ojiza namni etgan joyi alxol ushbu minvolgʻacha kamina oʻqib koʻrguchi zotlardan umid shulkim daf ato ijtihodimizga shikast bermasalar ekan, [[inson]] xatosiz boʻlmagay. Balkim sahu-sarvu xatolari boʻlsa, bizni ogox qilib, bilmaganimizni bildirib, buzilgan joylari boʻlsa islox (tuzatib) qilib oʻtmoqlarini riji etamiz!!! Ushbu birinchi marotibadagi risolamizda baʼzi ismlar mastur boʻlmay notamomdir. Binobarin, har bir harf faslini etagidan oxiridan oz-ozdan boʻsh joy qoldirdik, to kim har kimni oʻz hayoliga kelib mundin koʻrinmagan nomlardan boʻlsa, marhamat aylab yozib qoʻymoqlari uchun, inshoollo biz oʻzimiz ham just-joʻ aylab [[kitob]]lardan koʻrib, mundin qolgan nomlarni keyincha chiqadirgan risolaga qoʻshsak kerak. Ushbu risolani avvalida mozkurlarni (oʻgʻillarni) va oxirida munisalar (qizlarni) ismi bayon qilinur. Hammasi avjad (alifbe, harf, kofiya oʻziga mos) tartib bilan. Ammo maxsus boʻlgan nomlardan ham zikr boʻlindi. Agarchandiki darkor boʻlmasa ham qadimlardin yodgori uchun bul toʻgʻrida munislarni xaqir koʻrmasdan orzu-iltimoslarini ham darcha iltifotga olib [[muallim]]lardin ([[otincha]], [[oʻqituvchi]] [[xotin]]-[[qiz]]lardinqizlardin degan gap) musavda olib va ham jon roʻyxatdan koʻtarib ushbuni oxiriga tirkadik, aybga buyurmagaylar. Chunkim barcha [[inson]]ni tuqqan onasi xotin kishi boʻlgandan soʻng, 2-jidadil shul kim oʻgʻil ham [[farzand]], qiz ham farzand. Qiz bolalar ismlarini ham aksar [[erkak]]lar qoʻyadirlar.
 
== Manbalar ==
Qator 36:
* [http://portalus.ru/modules/biographies/rus_readme.php/rss.php?subaction=showfull&id=1422803501&archive=&start_from=&ucat=1&category=1 <small>Biografii znamenitostey</small>]
* [http://www.portalus.ru/modules/history/rus_readme.php?subaction=showfull&id=1423209311&archive=&start_from=&ucat=& <small>Nauchnaya biblioteka Portal istorii</small>]
* [http://www.echoosha.narod.ru/December08/teatr.htm]
 
<!--- Turkumlar --->