Buxoro arki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
tahrirlanib rasmlar qoʻshildi
Qator 1:
'''Buxoro arki''' — [[Buxoro]]<nowiki/>dagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi.
'''Buxoro arki''' — Buxorodagi qad. shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. av. 1-a.da qurilgan. Shaharning qad. qal’asi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (9— 10-a.lar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Krraxoniylar davrida (11—12-a.lar) va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida (13-a.) ark bir necha bor vayron qilingan. Hoz. qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-a.)da shakllangan.Bal. 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning mayd. 4 ga, tarhi ko‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. O‘pirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq g‘ishtdan ta’mir etilgan. Ko‘tarila boruvchi yo‘l orqali g‘arbdagi ulkan darvozadan (16-a.) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza bo‘lgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi "guldasta" va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyo‘lakning chap devorida 12 va o‘ng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning ba’zilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yerto‘lalar bo‘lgan. Dalonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navro‘z bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda to‘pchi boshi (saroy qo‘riqchilari boshlig‘i)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yerto‘la bo‘lgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (g‘arbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.Arkning shim.g‘arbiy burchagida to‘pchi boshin.ing uyi va ta’mir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona bo‘lgan. Masjidning sharq tomonida lar oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. B. a. darvozasi oldidagi Registon maydonida ko‘pgina imoratlar bo‘lgan. Uning g‘arbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qo‘yilgan. Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shim.da esa qurolyarog‘lar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qo‘rxona) bo‘lgan.B. a.ning shim.sharqidagi "Childuxtaron" maqbarasi, jan.g‘arbda "Battol G‘oziy xonaqohi", xos hammom qoldiqlari saqlangan. 1990 y.da arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi [er osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa bo‘ysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar cho‘zilganligi, to‘rt tomonidagi gulax (o‘txona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi] aniqlandi.Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli ta’mirlanib, o‘z holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Go‘riyon" darvozasi qayta tiklandi va b. obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5—3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yo‘li borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriybadiiy muzeyqo‘riqxonasi joylashgan.Po‘lat Zohidov, Umar Rashidov.
[[Fayl:Ark Bukhara.jpg|alt=Buxoro arki|thumb|Buxoro arki]]
[[Fayl:Uzbekistan 2007 054 the ark in Bukhara.jpg|alt= Arkning orqa yon tomonidan koʻrinishi|thumb|Arkning orqa yon tomonidan koʻrinishi]]
[[Fayl:Ark fortress in Bukhara.jpg|alt= Buxoro arkining yon tomonidan koʻrinishi|thumb|Buxoro arkining yon tomonidan koʻrinishi]]
[[Fayl:Entrance to Emir's Palace, Bukhara, Uzbekistan (1902).jpg|alt= Arkning 1902 yildagi koʻrinishi|thumb|Arkning 1902 yildagi koʻrinishi]]
[[Fayl:Bokhara1909.jpg|alt= Buxoro arkining 1907 yildagi koʻrinishi|thumb|Buxoro arkining 1907 yildagi koʻrinishi]]
 
== AdabiyotlarTarixi ==
Ark dastlab milloddan avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — [[Buxorxudotlar hokimligi|buxorxudotlar]] yashagan. [[Somoniylar]] davrida (9— 10-asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. [[Qoraxoniylar]] davrida (11—12-asrlar) va [[Moʻgʻullar istilosi|mo‘g‘ullar bosqinchiligi]] vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan.
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
Hozirgi qiyofasi asosan [[Shayboniylar]] sulolasi davri (16-asr)da shakllangan.
{{OʻzME}}
 
1990 yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa bo‘ysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar cho‘zilganligi, to‘rt tomonidagi gulax (o‘txona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi.
 
Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli ta’mirlanib, o‘z holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Go‘riyon" darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5—3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yo‘li borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey qo‘riqxonasi joylashgan.
 
== Meʻmorchiligi ==
Balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi ko‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. O‘pirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq g‘ishtdan ta’mir etilgan.
 
Ko‘tarila boruvchi yo‘l orqali g‘arbdagi ulkan darvozadan (16-a.) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza bo‘lgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi "guldasta" va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyo‘lakning chap devorida 12 va o‘ng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning ba’zilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yerto‘lalar bo‘lgan.
 
Dalonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchasida afsonaviy qahramon [[Siyovush]] ruhiga [[Navroʻz|Navro‘z bayramida]] chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda to‘pchi boshi (saroy qo‘riqchilari boshlig‘i)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yerto‘la bo‘lgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (g‘arbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.
 
Arkning shimoliy-g‘arbiy burchagida to‘pchi boshining uyi va ta’mir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona bo‘lgan. Masjidning sharq tomonida lar oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Darvozasi oldidagi [[Registon (maydon)|Registon maydoni]]<nowiki/>da ko‘pgina imoratlar bo‘lgan. Uning g‘arbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qo‘yilgan.
 
Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurolyarog‘lar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qo‘rxona) bo‘lgan. Arkning shimoliy-sharqidagi "Childuxtaron" maqbarasi, janubiy-g‘arbda "Battol G‘oziy xonaqohi", xos hammom qoldiqlari saqlangan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil{{OʻzME}}