Minorai Kalon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Nataev sahifa nomini Minorai Kalondan Minorai kalonga yoʻnaltirish ustidan koʻchirdi
k koordinatasi qoʻshildi
Qator 2:
[[Tasvir:%D0%9C%D0%B8%D0%BD%D0%B0%D1%80%D0%B5%D1%82_%D0%9A%D0%B0%D0%BB%D1%8F%D0%BD_1920.jpg|thumbnail|300px|Minorai Kalon 1920-yil [[Bolsheviklar]] tomonidan uyushtirilgan [[Buxoro bosqini]] natijasida avia bombardirovkadan jiddiy talofat koʻrgan]]
'''Minorai Kalon''' ({{lang-tg|Минораи Калон}} — Katta minora), [[Arslonxon]] minorasi — [[Buxoro]]dagi meʼmoriy yodgorlik. [[Poyi Kalon]] meʼmoriy ansamblining bir qismi. Eski Buxoroning eng baland inshooti, balandligi 46,5 metr.
 
{{koord|39.77564312845375|64.41503245490817}}
 
== Tarixi ==
Qator 11 ⟶ 13:
Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida [[Qoraxoniylar]] sulolasidan [[Arslonxon Muhammad]] 1127-yil qurdirgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan.
 
== Meʼmorchiligi ==
== Meʼmoriy yechim (Arxitekturasi) ==
Yer sathidan 9 m chuqur, balandligi 46,5 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi. [[Masjidi Kalon]] tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. Minorai Kalonning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak gʻishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasaviy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasaviy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). Minorai Kalon shu turdagi qadimiy inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi, handasaviy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi.
[[Tasvir:Kalyan Prokudin.jpg|thumb|left|Minorai Kalon 1909-yil]]