Pablo Neruda: Versiyalar orasidagi farq

878 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
| Mukofot =
| Sayt =
}}'''Pablo Neruda''' (taxallus, haqiqiy ismi '''Neftalí Ricardo Reyes Basoalto''', ''Neftali Rikardo Reyes Basualto'') ([[1904]]—[[1973]]) — chililik shoir, diplomat. Otasi temir yo'l xizmatchisi va maktab o'qituvchisi bo'lib, shoirning go'dakligidayoq sildan vafot etgan. Pablo shahar litseyiga qatnadi, ko'p o'qidi. 10 yoshidan boshlab she'r yozdi. 16 yoshida Pablo Neruda taxallusi bilan she'rlar bostirdi. Oiladagilari adabiyotni yoqtirishmagani uchun u ismini yashirgan. Keyingi yili u [[Santyagodagi pedagogika instituti]]ning [[fransuz tili]] bo'limiga kirdi. "Bayram qo'shig'i" deb atalgan she'ri Chili talabalari federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan birinchi mukofotga sazovor bo'ldi. U shu she'rining mualliflik huquqini sotib, puliga o'zining ilk she'riy to'plamini nashr ettirdi ([[1923 - yil]]). Undan keyin shoirning shuhrati oshdi. Pablo o'qishni tashlab, she'riyatga sho'ng'ib ketdi. [[1926 - yil]] chop ettirgan "O'lmaydigan odamning xatarli qadami" to'plamida u she'rning an'anaviy o'lchamlari va qofiyalaridan voz kechib, ichki kechinmalarni [[syurrealizm]]ga yaqin til va obrazlar bilan ifodaladi. [[Lotin Amerikasi]]dagi an'analarga ko'ra, taniqli shoirlar diplomatik ishlarga jalb qilinardi. Nerudani ham [[1927 - yil]]i shunday ishga taklif qilishdi. Besh yil mobaynida turli xil mamlakatlarga elchilik qildi. Shu davrda uylandi. [[Adabiyot boʻyichabo'yicha Nobel mukofoti]]ning sovrindori ([[1971]]).
 
{{writer-stub}}
62

ta tahrir