Aziziddin Nasafiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
 
|Ismi = Aziziddin Nasafiy
|Asl ismi = forscha: عزيزالدين نسفى
|Tasvir =
|Tasvir izohi =
|Haqiqiy ismi = Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy
|Taxalluslari = Aziz (yoki Abdulaziz) Nasafiy (yoki Naxshabiy)
|Tavallud sanasi = {{birth date|?|df=yes}}
|Tavallud joyi = [[O'zbekiston]], Nasaf ([[Qarshi]])
|Vafot sanasi = 1263
|Vafot joyi = Yazd, Abarko'h
|Faoliyat turi = olim, tabib
|Asarlari tili = Fors tili
|VikiOmbor =
}}
 
'''Aziziddin Nasafiy''' (taxallusi; [[forscha]]‏ ‎-‎‏ عزيزالدين نسفى; to'liq nomi -‏ ‏Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy) (?, Nasaf — 1263, Yazd, Abarko'h) — ensklopedik olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx [[Najmiddin Kubro]] ta'limoti va Ibn al - Arabiy tariqatini o'zaro bog'lagan kubroviya mashoyixlaridan biri. Dastlab Nasaf, so'ng Buxoro madrasalarida ta'lim olgan. Falsafa va tasavvufni o'rganish bilan birga tibb ilmidan ham yuksak mahoratga ega bo'lgan. Bir muddat Buxoro madrasalarida talabalarga tasavvufdan darslar o'tgan. Nasafiy 1243—51 - yillar Xurosonda yetuk oriflardan bo'lmish Sa'diddin Hamaviy (Hamuya, 1191 —1252) bilan tanishadi. Elxoniylar Buxoroga hujum qilganda (1272), olim u yerdan Bahrobod (Xuroson)ga ketgan, Isfahon va Sheroz safaridan so'ng Yazdning Abarko'h shahridan maskan tutgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashab, shu yerda vafot etgan.
Nasafiy hamma asarlarini fors tilida yozgan. "Al - inson al - komil" asari olim yozgan risolalarning eng mashhuri bo'lib, uni fransiyalik olim [[Marijan Mole]] fransuz tiliga tarjima qilgan. Kitob bir muqaddima va turli mavzularga bag'ishlangan 22 risoladan iborat. Undagi risolalarning ko'pi "Manozil us - soyirin" ("Yo'lovchilar qo'nalg'asi")ning ba'zi nusxalarida uchraydi. Ushbu asar 556 sahifa bo'lib, irfon va hikmatlarga oid nozik tushunchalardan bahs yuritadi. Irfon va hikmat masalalari va asosi haqida yana "Bayot ut - tanzil" nomli kichik va muxtasar kitobi ham bor. Nasafiyning bildirishicha, uning fikr va aqidalari faqat "Maqsad ul - aqso" ("So'nggi maqsad") asarida ifodalangan. Asar 8 fasl, 8 bob va 1 xotimadan iborat. Shuningdek, olimning "Kashf ul - haqoiq" ("Haqiqatlarning yaralishi"), "Zubdat ul - haqoyiq" ("Haqiqatlar qaymog'i"), "Usul va furu'" ("Ildizlar va butoqlar"), "Mabda' va ma'od" ["Chiqish va qaytish"], "Miftoh ul - asror" ("Sirlar kaliti"), "Nafsi insoniy", "Vahdati vujud" va boshqa kitoblari chet ellarda chop etilgan. Olam va odam birligi ta'limoti Nasafiy asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Qo'lyozma nusxalari [[Vena]], [[Leyden]], [[London]], [[Kalkutta]], [[Dushanbe]], [[Istanbul]], [[Sankt-Peterburg]], [[Tehron]] shaharlari kutubxonalarida, O'zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi. "Zubdat ul - haqoyiq" asari N. Komilov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan.