Aziziddin Nasafiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Aziziddin Nasafiy''' (taxallusi; [[forscha]]‏ ‎-‎‏ عزيزالدين نسفى; to'liq nomi -‏ ‏Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy) (?, Nasaf — [[Qashqadaryo]] ?, Yazd, Abarko'h) — buyul ensklopedik olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx [[Najmiddin Kubro]] ta'limoti va Ibn al - Arabiy tariqatini o'zaro bog'lagan kubroviya mashoyixlaridan biri. Dastlab Nasaf, so'ng Buxoro madrasalarida ta'lim olgan. Falsafa va tasavvufni o'rganish bilan birga tibb ilmidan ham yuksak mahoratga ega bo'lgan. Bir muddat Buxoro madrasalarida talabalarga tasavvufdan darslar o'tgan. Nasafiy 1243—52 - yillarda Xurosonda yetuk oriflardan bo'lmish Sa'diddin Hamaviy (Hamuya, 1191 —1252) bilan tanishadi va uni o'zining piri deb biladi. 1273 - yili Buxorodan Bahrobod ([[Xuroson]])ga ketgan, Isfahon va Sheroz safaridan so'ng Yazdning Abarko'h shahridan maskan tutgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashab, shu yerda vafot etgan.
Nasafiy hamma asarlarini fors tilida yozgan. Nasafiyni [[komil inson]] tadqiqotchisi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Al - inson al - komil" ("Komil inson") asari olim yozgan risolalarning eng mashhuri bo'lib, uni fransiyalik olim [[Marijan Mole]] fransuz tiliga tarjima qilgan. Kitob bir muqaddima va turli mavzularga bag'ishlangan 22 risoladan iborat. Undagi risolalarning ko'pi "Manozil us - soyirin" ("Yo'lovchilar qo'nalg'asi")ning ba'zi nusxalarida uchraydi. Ushbu asar 556 sahifa bo'lib, irfon va hikmatlarga oid nozik tushunchalardan bahs yuritadi. Irfon va hikmat masalalari va asosi haqida yana "Bayot ut - tanzil" nomli kichik va muxtasar kitobi ham bor. Nasafiyning bildirishicha, uning fikr va aqidalari faqat "Maqsad ul - aqso" ("So'nggi maqsad") asarida ifodalangan. Asar 8 fasl, 8 bob va 1 xotimadan iborat. Shuningdek, olimning "Kashf ul - haqoiq" ("Haqiqatlarning yaralishi"), "Zubdat ul - haqoyiq" ("Haqiqatlar qaymog'i"), "Usul va furu'" ("Ildizlar va butoqlar"), "Mabda' va ma'od" ("Chiqish va qaytish"), "Miftoh ul - asror" ("Sirlar kaliti"), "Nafsi insoniy", "Vahdati vujud" va boshqa kitoblari chet ellarda chop etilgan. Olam va odam birligi ta'limoti Nasafiy asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Qo'lyozma nusxalari [[Vena]], [[Leyden]], [[London]], [[Kalkutta]], [[Dushanbe]], [[Istanbul]], [[Sankt-Peterburg]], [[Tehron]] shaharlari kutubxonalarida, O'zbekiston FA [[Sharqshunoslik instituti]] qo'lyozmalar fondida saqlanadi. "Zubdat ul - haqoyiq" asari Najmiddin Komilov tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan.
Bundan tashqari uning asarlarini A. Masse, A. E. Bertels, Ahmad Mahdavi Domg'oniy, F. Maier, A. Muller, E. H. Palmer, A. M. Schimmel, F. A. G. Tholuck, R. Shukurov va N. K. Choriev‏ ‏ kabi mashhur olimlar o'rganib, boshqa tillarga tarjima qilishgan. Taniqli olim Lloyd Ridgeon Nasafiy haqida "Aziz Nasafi" nomli kitob yozgan.