Adam Smith: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Qator 32:
 
== Hayoti va ijodi ==
[[File:Smith - Inquiry into the nature and causes of the wealth of nations, 1922 - 5231847.tif|thumb|''Inquiry into the nature and causes of the wealth of nations'', 1922]]
Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan.
Adam Smith 14 yoshida [[Glazgo Universiteti]]ga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 - yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmaqi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari [[ritorika]], xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan.