Geografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Qator 1:
'''Geografiya''' yoki '''joʻgʻrofiya''' ([[Yunon tili|yunoncha]] '''[[Gaya (asotir)|Geo]]''' (''γη'') yoki '''Geya''' (''γαια'') - '''"Yer"''', hamda '''grafein''' (''γραφειν'') - '''"tasvirlamoq"''' yoki ''"yozmoq'' yoxud ''"xaritalamoq"'') [[Yer]] va uning xususiyatlarini, undagi mavjudotlarni va u bilan bogʻliq [[fenomen]]larni oʻrganuvchi [[fan]]dir. Soʻzma-soʻz tarjimasi "Yerni tasvirlash"dir. "Joʻgʻrofiya" soʻzini ilk bor ishlatgan tarixiy shaxs [[Eratosfen]] (mil. avv. 275-195) hisoblanadi.
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Geografiya''' (yun. geo... va ...grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini G. soʻzi bilan ifodalaganlar. G. terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 y.larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9— 10-a.lardan boshlab G. soʻzi maʼnosida "surati arz", "etti iqlim", "Kitob almasolik valmamolik" ("Mamlakatlar va masofalar kitobi") iboralari qoʻllanilgan. 19-a.da va 20-a. boshlarida oʻzbek tilida G. arabcha talaffuz bilan "jugʻrofiya" shaklida yozilgan. Keyinroq G. shakli rasmiy tus oldi. Hoz. davrda "G." oʻrniga "G. fanlari sistemasi" iborasini qoʻllash ilmiy jihatdan toʻgʻriroqdir.
 
G. fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa boʻlinadi: a) tabiiy, yaʼni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani oʻz ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproklar G.si va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy G., xoʻjalik tarmoqlari G.si (sanoat G.si, q. x. G.si, transport G.si va b.), aholi G.si, siyosiy G.; v) haritagrafiya. Undan tashqari G.ga mamlakatshunoslik, tibbiy G., rekreatsiya va harbiy G.-ham kiradi. Keyingi yillarda, koinotni oʻrganish rivojlanishi bilan selenografiya (Oy G.si), kosmos yershunosligi kabi sohalar ham vujudga keldi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik kemadan turib Yer yuzasining suratini olish va haritasini tuzish usullari ham yaratildi. G. eng qad. fanlardandir. Odamzod paydo boʻlgandan keyin muayyan davr oʻtgach, tabiiy muhit bilan jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida, ovchilik, yerni ishlash va savdo-sotiq ehtiyojlariga koʻra yaqin-uzoq masofalarga borib kelish, tevarak-atrofni bilish va turli-tuman xalklar oʻrtasida oʻzaro muomala qilish boshlangan. Odamlar ilmiy-amaliy maqsadlarda dengiz yoʻllarini va joylarning tabiatini, xoʻjaligi va xalqlarini oʻrganib turganlar. Shu yoʻllar bilan geografik maʼlumotlar toʻplangan, devor va toshlarga bitilgan, qogʻozga yozilgan. Mil. av. qad. dunyoning madaniyat markazlarida (Turon, Shim. Hindiston, Xitoy, Bobil va Ossuriya, Misr va Yunonistonda) dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira 360 gradusga boʻlindi, sutka 24 soat deb belgilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi. Yer shar shaklida degan fikr maydonga keldi (yunon olimlari Fales, Pifagor, Eratosfen va Aristotel), dastlabki globus va ibtidoiy harita yasaldi (Anaksimandr), dunyo qitʼalariga nom berildi. Iskandariyalik matematik va geograf Eratosfen (mil. av. 3-a.da) Yer aylanasining uzunligini oʻlchab koʻrgan va Yer meridianining (hoz. oʻlchov birligida) 39816 &nbsp;km ligini aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga ancha yaqindir. Yer yuzida issiq, moʻʼtadil va sovuq mintaqalar borligi, yaʼni geografik zonallik tushunchasi ham qad. dunyo G.sining nazariy yutuqlaridandir. Oʻsha davrda baʼzilar Yer yuzida suvlik koʻp desalar, boshqalar, aksincha, quruqlik koʻp der edilar. Shuningdek, Quyosh bilan Yerning munosabati xususida ham ikki mulohaza boʻlgan. Ayrim olimlar (ayniqsa Ptolemey) olamning markazini Yer hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning atrofida aylanadi (geotsentrik nazariya) desalar, boshqa olimlar geliotsentrik nazariyani ilgari surdilar, yaʼni olamning markazi Quyoshdir, Yer va b. sayyoralar uning atrofida aylanadi deganlar. Aleksandr (Iskander Makduniy)ning Eron, Turon va Hindistonga yurishlari hamda finikiyaliklarning Oʻrta dengiz va Afrika tevaragidagi suzishlari geografik tasavvurlarni birmuncha kengaytirdi. Umuman, yunon olimlari Sharqdagi ilm-fan markazlarining yutuqlaridan xabardor boʻlganlar va ulardan oʻz asarlarida foydalanganlar. Strabon (mil. av. 63 yil — mil. 21 y.) dunyo G.sidan 17 jildli kitob yezdi (2 jildi umumiy G., 8 jildi — Yevropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi — Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90—168 y.lar) G. va haritagrafik proyeksiyalarga doyr 8 jild kitob yezdi. Turonlik va eronliklarning muqaddas kitobi Zend Avestoda ayrim geografik maʼlumotlar bor. Unda dunyodagi mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru (Marv), Baxdi (Baqtriya), Nisoim (Jan. Turkmenistan), Hoʻruyu (Xirot), Hafta Hendu (Yetti Hindiston) va b. tilga olingan, baʼzilari taʼriflangan .
 
Oʻrta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-a.) Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi, normanlar (skandinaviyaliklar) 9—10-a.larda Atlantika okeanining shim.da suzib, Islandiya, Grenlandiya va Shim. Amerikagacha safar qildilar, rus pomorlari Shim. Muz okeanidagi ayrim orollarni oʻzlashtira boshladilar. 13-a. oʻrtalarida Fransiya qiroli Lyudovik IX ning elchisi sifatida Oʻrta Osiyoga Rubruk kelib ketdi, italiyalik Plano Karpini Mongoliyagacha yetib bordi. Oʻrta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta taʼsir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-a. oxiri) boʻldi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlatlarning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda G. fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-a. oxiri — 9-a. oʻrtalari) G.ga doyr "Surat ul-arz" kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi berilgan. Aslida bu kitob kattagina bir geografik atlasning izohnomasi boʻlgan. Xorazmiy bu kitobini yozishda Ptolemeyning "Geografiya" asaridan qisman foydalangan. Bu bilan qad. dunyo G.sining merosi saqlab qolindi. 9-a.dan eʼtiboran arab va fors tillarida yaratilgan barcha geografik asarlar Xorazmiy kitobiga asoslangan. Shunday qilib, Xorazmiy butun Sharq G.sining asoschisi boʻlib qoldi. Ahmad Fargʻoniy (9-a.) va Abu Abdulla Jayxoniy (9—10-a.)lar ham geografik asarlar yaratishdi. Fargʻoniy Misrdagi Nil daryosi suvining sathini kuzatish uchun Qohira sh. yonida "miqyos jadidi" — nilometrni yaratganini alohida taʼkidlash lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi, Yerning yumaloq shaklda ekanligini isbotlagan. Yerning oʻlchamlari toʻgʻrisida hoz. zamon maʼlumotlariga juda ham yaqin boʻlgan kattaliklarni ishlab chiqqan. Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850—934) "Suvor ulaqolim" ("Iqlimlar surati") geografik asarini yozib, unga koʻpgina haritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana kengaytirib, "Kitob almasolik valmamolik" asarini yozdilar. 10-a.da yashagan arab geograflari Masʼudiy va Muqaddasiylar, 12-a. olimi Idrisiy oʻz zamonasi ahdini dunyo G.si bilan tanishtirishda katta xizmat qildilar. Sharq G.si faniga Beruniy va Ibn Sinoning taʼsiri juda katta boʻldi. Beruniyning barcha yirik asarlari ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Geodeziya", "Maʼsud qonuni") koʻp jihatdan G.ga taalluqli. Beruniy Sharqda birinchi boʻlib globus yasadi, "Maʼsud qonuni" kitobida 603 joyning geografik koordinatalarini aniqlab yozdi, boshqa bir kitobiga dunyo haritasini ilova qildi. Beruniy Hindistonda turib, Yer aylanasining uzunligini oʻlchadi. "Geodeziya" kitobida Amudaryoning oqimi oʻzgargani va Qoraqum choʻlining paydo boʻlishini tasvirladi va h. k. U nazariy jihatdan ilk bor gʻarbda, Atlantika okeani ortida katta quruqlik mavjudligini taʼkidlagan. 5 asrdan soʻng yevropaliklar bu quruqlikning Amerika qitʼasi ekanligini kashf etganlar. 11-a.da balxlik Nosir Hisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15 ming km yoʻl bosdi — Movarounnahrdan Afrika shim.gacha, Arabiston va Hindistongacha sayohat qilib, "Safarnoma" kitobini yozdi. Maxmud Koshgʻariy Markaziy Osiyodan Kichik Osiyo ya.o.gacha kezib, turkiy qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari, daryo-koʻllari, togʻyaylovlarini tasvirlagan "Devonu lugʻotit turk" asarini yozib qrldirdi. Kitobga dunyo haritasi ham ilova qilingan. 13-a. boshida Marv sh.da (hoz. Turkmanistonning Mari sh.dan 30 &nbsp;km sharada) yashagan Abdulla Yoqut Hamaviy "Mujam ul-buldon" geografik lugʻatini yozgan. Shim. afrikalik (marokashlik) arab Ibn Battuta 14-a.ning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil mobaynida 100 ming km dan ortiq masofani kezib chiqdi — Arabiston ya. o., Hindiston, Xitoy, Sumatra o., Movarounnahr, Jan. Yevropa va Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-a. boshlarida Samarqand rasadxonasida temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbek rahbarligida astronomik va geografik jadvallar tuzi l di. Ali Qushchi Samarqandda va Istanbulda geografik asarlar yozdi. 16-a. boshida Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kelib, mashhur tarixiy-geografik asar — "Boburnoma"ni yaratdi. 15-a. oʻrtasi — 17-a.da Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida deyarli barcha materiklarning shakli belgilandi, yer yuzasining katta qismi tadqiq qilindi, nomaʼlum mamlakatlarning tabiati va xoʻjaligi haqida maʼlumotlar olindi. 17-a.ning 1- yarmida yashagan gollandiyalik geograf B. Vareniusning "Umumiy geografiya" kitobi oʻsha davrning eng yirik geografik asari boʻldi. Varenius birinchi boʻlib Yer haqidagi bilimlar sistemasidan umumiy geografiya va xususiy regional geografiyani ajratdi. 16—17-a.larda haritagrafiya boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi, haritagrafik proyeksiyalar ishlab chiqildi (G. Merkator). 18-a. oxiri va 19-a. davomida Afrika, Jan. Amerika, Avstraliyaning ichki r-nlarida geografik tadqiqotlar olib borildi. 19—20-a.larda Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar qilindi.
 
Tabiiy geografiya. Oʻzbekistonda, bu-tun Oʻrta Osiyodagi kabi, oʻlkaning ta-biiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik gʻoyalarning bu jarayon bilan bevosita bogʻliq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy yoʻnalishda amalga oshib, takomillasha bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional landshaftshunoslik yunalishlaridir .
Qator 17 ⟶ 16:
Ekologik-geografik yoʻnalish 1920—30y.larda shakllandi.
 
Bu yoʻnalishning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941)va Ye. P. Korovin (1891-1963) edi. Oʻrta Osiyo choʻllari va baland togʻlari oʻziga xos tabiiy kompleks va "hayot makoni" sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan oʻrganildi. Bu maktabning ilmiy gʻoyalarini yangi yuqori bosqichga koʻtarishda O'zbekistonOʻzbekiston akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va botanik-geograf hamda ekolog Q. 3. Zokirovlar salmokli hissa qoʻshdi. T. 3. Zohidov choʻllar ekologik biotsenologiyasi, Q. 3. Zokirov esa Oʻrta Osiyo fitoekologiyasi, oʻsimlik qoplamini ekologik toifalashtirish hamda integral balandlik mintaqalari (choʻl, adir, togʻ, yaylov)ni ajratish masalalari boʻyicha oʻz yoʻriqnomalarini yaratdilar .
 
Regional landshaftshunoslik yoʻnalishi yuqoridagi uch kompleks yoʻnalish va koʻplab tarmoq geografik yoʻnalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yoʻnalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30 y.larda olib borildi. Oʻrta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft haritalari tuzildi. 1943 y. Oʻrta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlashtirish konsepsiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-y.lar oxiridan Oʻrta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft haritalarini yaratish bilan Oʻrta Osiyo davlat un-tining geograf olimlari shugʻullandilar. 1960—70 y.larga kelib, Oʻzbekistonda mahalliy landshaftshunos olimlarning safi shakllandi. Ular Moskva (P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U. Umarov, P. N. Gʻulomov, A. Mamatov, B.O. Baxriddinov, O. Raxmatullayev, S. Abdullayev, I. Abdugʻaniyev), Sankt-Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh. Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov (L. Alibekov, T. Jumaboyev), Voronej (A. Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov), Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T. Ollonazarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov, I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov) landshaftshunoslik maktablariga mansubdirlar. Ularning har biri muayyan hududlarni rayonlashtirish va landshaft xususiyatlarini tahlil qilish, tabiiy resurslarni baholash bilan shugʻullandilar. Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A. Hasanov), rekreatsiya geografiyasi (3. Mahamatillayev, A. Zokirov), landshaftlar rekultivatsiyasi (H. Vahobov) va geokimyosi (I. N. Stepanov, Oʻ. Abdunazarov, H. Maʼsudov) boʻyicha ham tadqiqotlar oʻtkazdilar.
Qator 119 ⟶ 118:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Manbalar ==
{{geo-stub}}
{{manbalar}}
 
 
{{geo-stub}}
 
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}