Boks: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Qator 1:
{{Maʼnolari|Boks (maʼnolari)}}
[[Tasvir:Boxing080905 photoshop.jpg|thumb|right|250px|Boks matchi. Ringda Ricardo Domínguez (chapda) va Rafael Ortiz.]]
'''Boks''' ([[ingliz tili|ingl.]] ''boxing'', ''box'' — «urish» soʻzidan) [[sport]]ning yakkakurash turlaridan biridir.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 8:
B. musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6x6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. B.chilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan B.chi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan B.chining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
 
Xalqaro B. musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 &nbsp;kg gacha va 91 &nbsp;kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga toʻlganlar qoʻyiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar oʻrtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar B.ni ommalashtirish maqsadida oʻsmiroʻspirinlar oʻrtasida 12 tadan koʻproq vazn toifasida ham musobaqalar oʻtkazishadi. Oʻzbekistonda zamonaviy B. 20-a.ning 20-y.laridan ommalashdi. Ilk B. musobaqasi 1922 y. Toshkentdagi "Fortuna" sport jamiyatida oʻtkazilgan. Uni S.L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab B. chilarni tarbiyaladi.
 
Oʻzbekistonda keyingi yillarda shaxsan Prezident Islom Karimovning sportga qaratgan eʼtibori natijasida B. jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi B. federatsiyasi 1993 y.dan AIBA aʼzosi. Mamlakatda 4 olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti va oʻnlab bolalaroʻsmirlar sport maktabida yoshlarga B.sirlari oʻrgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy B. zallari shugʻullanuvchilar ixtiyorida. B. milliy terma jamoasi 1999 y. jahon chempionatida faxrli 3oʻrinni egalladi. O'zbekistonningOʻzbekistonning R.Risqiyev, ʼ.Shin, N.Anfimov, G.Ilyosov, M.Abdullayev, Oʻ.Xaydarov, R. Chagayev, T. Toʻlyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T.Turgʻunov, H. Ahmedov, K. Toʻlaganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, DAvezboyev kabi B.chilari katta yutuklarga erishgan.
 
Jahonda professional B.chilar (B.ni kasbga aylantirganlar) oʻrtasida toʻrtta yoʻnalish boʻyicha musobaqalar utkaziladi. Ularni jahon B. kengashi (WBC), jahon B. assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro B. federatsiyasi (IBF) va jahon B. tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional B.da qoʻlqoplar birmuncha yengil — taxm. 227 g (8 unsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta boʻladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 &nbsp;kg gacha va 88,450 &nbsp;kg .dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSH), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional B.chilarning nomlari mashhur.
 
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda ham ilk professional B.chilar yetishib chikdi: toshkentlik B.chi A. Grigoryan oʻz vazn toifasida 13 marta jahon chempioni boʻldi (2000 i.). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[]== Tarixi ==
[[Tasvir:Young_boxers_frescoYoung boxers fresco,_Akrotiri Akrotiri,_Greece Greece.jpg|thumb|right|Zamonaviy boksning qadimgi shakli — [[Minoy tamadduni|Minoy]] kurashi. [[Knoss]], [[Krit]].]]
Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi<ref name="britannica">[http://www.britannica.com/eb/article-29781/boxing Boxing], Encyclopedia Britannica</ref> ([[Iroq]]da mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).<ref>[http://www.brownielocks.com/boxing.html Brownielocks]</ref> Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar [[Minoy tamadduni|Minoy]] [[Krit]]ida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).<ref name="britannica"/>
 
Qator 35:
* [http://www.sportportal.uz/page/box Boks yangiliklari]
 
{{sport-stubOʻzME}}
 
[[Turkum:Boks]]
 
 
{{sport-stub}}
 
{{OʻzME}}