Layli va Majnun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB
Qator 5:
'''Layli va Majnun''' - Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan folklor hamda yozma shakldagi adabiy yodgorlik. Dostonning ilk kurtaklari 7-a. 2-yarmida paydo boʻlgan. Ayrim manbalarning maʼlumotiga koʻra, doston qahramonlari tarixiy shaxslardir. Ularda Majnun Bani Omir qabilasidan chiqqan, asl ismi Qays ibn Mulavvah yoki Qays ibn Muod boʻlgan yigit, deya taʼkidlanadi. Qays Layli ismli oʻz qabiladoshini sevgan hamda oʻz sevgisi va hijron alamlari haqida mungli sheʼrlar bitgan. Bunday maʼlumot, jumladan, ibn Qutaybaning (889) "Kitob ush-sheʼr va shuaro" ("Sheʼr va shoirlar haqida kitob"), Abul Faroj al-Isfahoniyning "Kitob ul-agʻoni" ("Qoʻshiq kitobi") asarlarida keltirilgan. Lekin boshqa manbalar bu maʼlumotlarni inkor etadi. Mas, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764) va arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819) Majnun tarixiy shaxs emas, degan fikrni ilgari suradi. 7-a. 2-yarmidayoq arab sheʼriyatida Majnun taxallusi ostida koʻplab mungli sheʼrlar vujudga keladi, bunday sheʼrlar tobora koʻpayib boradi, toʻplamlarga kiritiladi. Ammo Majnun nomi zikr etilgan sheʼrlarning barchasi ham yolgʻiz bir kishiniki emas. Arab olimlari al-Johiz (9-a.) va ibn al-Muʼtaz (908)ning aytishicha, kishilar Layli nomi bilan bogʻliq barcha sheʼrlarni Majnunga nisbat beraverganlar. 11-a.da shoir Abul Bakr al-Volibiy tomonidan Majnunga nisbat berilgan barcha sheʼrlar toʻplanib, "Devoni Majnun" tuziladi. Devonda sheʼrlarga sharhlar beriladi hamda sheʼrlar Majnun haqidagi rivoyatlarning syujetiga kiritiladi.
 
Layli va Majnun haqida ilk bor 1188 y.da ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy doston yaratgan. Nizomiy "L. va M." dostonini ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan har tomonlama yuksak darajaga koʻtardi va hamsachilik anʼanalari qatoriga qoʻshdi. Undan soʻng "L. va M." dostoniga koʻplab shoirlar murojaat qilishdi. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy qalamlariga mansub "L. va M." dostonlari mashhur. Garchi ushbu dostonlar bitta nom bilan atalsa va ulardagi voqealar tizimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlsada, har bir muallifning "L. va M."i oʻziga xos va betakror asardir. Hozirgacha mazkur dostonning o'zbekoʻzbek, arab, fors, ozarbayjon, turk, turkman, tojik, gruzin, panjob, kurd, urdu tillaridagi koʻplab variantlari mavjud. "L. va M." dostoni xalq ogʻzaki ijodi ravnaqiga ham beqiyos ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Jumladan, oʻzbek xalq ijodiyotining "Tohir va Zuhra", "Oshiq Gʻarib" kabi dostonlariga "L. va M."ning taʼsiri borligi eʼtirof etiladi. <ref>Sanjar Nazarov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== "Layli va Majnun"da ishq ==
Qator 47:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Adabiyot]]
 
 
{{stub}}